Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahrayn dunyoda birinchi bo‘lib Johnson&Johnson kompaniyasi vaksinasidan foydalanishga ruxsat berdi
Bahrayn bundan tashqari, "Sputnik V", Pfizer-BioNTech va AstraZeneca hamda Sinopharm vaksinalarini ham ma'qullagan.

Foto: AP
Bahrayn hukumati dunyoda birinchi bo‘lib Johnson&Johnson kompaniyasining koronavirusga qarshi bir dozalik vaksinasidan foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda Associated Press (AP) agentligi xabar bermoqda.
Nazorat tashkilotining bildirishicha, vaksina "koronavirus yuqishidan kuchli himoya qiladi". Ekspertlar kompaniya tomonidan taqdim etilgan barcha hujjatlarni o‘rganib chiqishgan.
Hukumat vaksina aholining eng zaif qatlamiga, xususan keksa yoshdagilar va surunkali kasalligi bo‘lgan odamlarga taklif etilishini bildirdi.
Bahrayn bundan tashqari, "Sputnik V", Pfizer-BioNTech va AstraZeneca hamda Sinopharm vaksinalarini ham ma'qullagan.
Agentlikning eslatishicha, hozirda Johnson&Johnson vaksinasi AQSh, Yevropa va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida o‘rganilmoqda.
Yanvarda Johnson & Johnson kompaniyaning koronavirusga qarshi bir dozalik vaksinasi samaradorligi 66 foizni tashkil etishini ma'lum qilgandi. Kompaniya 2021 yil oxiriga qadar 1 mlrd dozaga yaqin vaksina ishlab chiqarishni rejalashtirgan.
Bahraynda pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 119 858ta holat qayd etilgan, bemorlarning 437 nafari vafot etgan. Bahrayn koronavirusga qarshi emlash borasida dunyoda yetakchilar qatorida bo‘lib, aholining 17 foizga yaqini kamida bir doza vaksina bilan emlangan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maxsus iqtisodiy zonalarni infratuzilma bilan ta’minlashda bozor mexanizmi joriy etiladi
O‘zbekiston | 08:47
-
BMT qarorgohida Falastin bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi
Jahon | 08:15
-
Infratuzilma obektlarini qurishda muqobil energiya vositalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 08:05
-
Tramp immigratsiya va bojxona politsiyasiga «to‘liq vakolat» taqdim etdi
Jahon | 08:01
Mavzuga oid

08:32 / 11.07.2025
Ummon, Kuvayt, Bahrayn va Qatarda "O‘zbekiston – Ipak yo‘li durdonasi" forumi bo‘lib o‘tdi

10:12 / 20.05.2025
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi

17:32 / 18.04.2025
O‘zbekistonning Bahrayndagi birinchi elchisi tayinlandi

13:29 / 24.03.2025