Samarqanddagi savdo markazida xotini va bir erkakni o‘ldirgan shaxs 22 yilga qamaldi
Samarqand shahridagi savdo markazi hududida xotinini xiyonatda gumonsirab, uni va u bilan birga bo‘lgan erkakni pichoqlab o‘ldirgan shaxsga 22 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

2020 yilning 20 noyabrida soat 18:00 atrofida Past Darg‘om tumanidan bo‘lgan shaxs Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan savdo markazi hududida qotillik sodir etgandi. U o‘z xotinini va u bilan birga bo‘lgan erkakni savdo markazida pichoqlagan, jabrlanganlar o‘tkir qon yo‘qotishi natijasida voqea joyida vafot etgandi.
Shu kunlarda mazkur ish yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari yakunlanib, ish sudda ko‘rib chiqildi. Jinoyatchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» va «j» bandlari (ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish) bilan aybli deb topilib, 22 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Jazo muddati 2020 yil 20 noyabr kunidan boshlab hisoblanishi ma'lum qilindi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kia va ADM Global O‘zbekiston termasiga JCh–2026 yo‘lida qo‘llov ko‘rsatmoqda
O‘zbekiston | 17:00
-
Tramp Eron bilan urushga qarshi edi. Ammo endi fikrini o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin
Jahon | 16:26
-
O‘zbekiston talabalariga Yaponiyada ishlash imkoni: Daiwa House va TKXU o‘rtasida strategik uchrashuv
O‘zbekiston | 16:00
-
Narpay tumanida 16 yoshli yigit suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 15:43
Mavzuga oid

21:27 / 14.06.2025
AQShda demokrat siyosatchilarga hujum uyushtirildi, ulardan biri vafot etdi

23:40 / 10.06.2025
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj

00:21 / 07.06.2025
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi

20:26 / 29.05.2025