Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yozuvchilar uyushmasi: Adiblar xiyobonidagi gips haykallar olib ketilgan
Joriy yil fevral oyining boshida ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Adiblar xiyoboni hududida gips haykallar qarovsiz holatda yotgani haqida xabarlar va suratlar tarqalgan edi. Bu jamoatchilikda salbiy tasavvur uyg‘otib, ko‘pchilikning tanqidiga sabab bo‘ldi.

Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati rahbari Fozil Farhodning ma'lum qilishicha, xiyobondagi adiblarning haykallari bronzaga o‘tkazilgach, gipsdan yasalgan variantlari olib chiqib ketish uchun bog‘ning bir chetiga to‘plab qo‘yilgan bo‘lgan.
2021 yil 11 fevral kuni uyushma so‘roviga ko‘ra O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan bu gips haykallar olib ketilgan.
Badiiy akademiya rasmiylarining ma'lum qilishicha, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Haykaltaroshlik yo‘nalishi talabalari mazkur haykallardan ko‘rgazmali vosita sifatida foydalanadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Adiblar xiyoboni 2020 yil may oyi oxirlarida ochilgandi. Prezidentning 2017 yil 18 aprelda tegishli qarori qabul qilinib, xiyobonning me'moriy-g‘oyaviy loyihasi ishlab chiqilgan. Shundan so‘ng 8 gektardan ziyod maydonda Adiblar xiyobonining yaxlit me'moriy ansambli yaratildi. Xiyobonni g‘oyaviy-badiiy jihatdan yanada boyitish maqsadida Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Cho‘lpon, Qodiriy, To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr Faynberg singari atoqli namoyandalar xotirasiga bag‘ishlangan yangi yodgorlik majmualari barpo etildi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putindan jahli chiqqan Tramp, ikkiyuzlamachilik davri tugashi kerakligini aytgan BMT vakili va yana Suriyaga zarba bergan Isroil – kun dayjesti
Jahon | 15:00
-
Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari: Istanbul formati «o‘z ma’nosini yo‘qotdi»
Jahon | 14:51
-
Markaziy bank dunyodagi eng yirik bank vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi
O‘zbekiston | 14:17
-
Germaniya va AQSh mudofaa vazirlari Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasini muhokama qildi
Jahon | 13:43
Mavzuga oid

19:56 / 13.05.2025
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi

21:51 / 13.09.2024
Britaniyada Yelizaveta II ning yangi haykali paydo bo‘ldi. U ko‘plab bahslarga sabab bo‘lmoqda

22:04 / 27.08.2024
Hindiston milliy qahramonining 10 metrli haykali qulab tushdi

09:36 / 10.05.2024