Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Paxtakor» va «Nasaf» o‘rtasidagi O‘zbekiston Superkubogi Samarqandda o‘tkaziladi
PFL «Paxtakor» va «Nasaf» o‘rtasidagi O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi Samarqandda o‘tkazilishini rasman tasdiqladi.

«2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti»ning 22.3-bandiga asosan shu yilning 6 mart sanasida O‘zbekiston Superkubogi uchun uchrashuv o‘tkaziladi.
Unda mamlakat chempioni sifatida «Paxtakor» va vitse-chempion sifatida «Nasaf» klublari o‘zaro saf tortadi. Bellashuv 16:00da start oladi.
Mazkur band shartlaridan kelib chiqib, Superkubok o‘yini uchun Samarqand shahri tanlab olindi. Shahargacha yetib borish sharoiti Toshkent va Qashqadaryo klubi muxlislari uchun nisbatan teng ekani inobatga olindi. Reglamentdan kelib chiqib, mazkur bellashuvda «Paxtakor» futbol klubi rasmiy mezbon hisoblanadi.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi Superkubok o‘yinini tashkil etishda ko‘rsatayotgan yordami uchun Samarqand viloyati hokimiyati hamda «Dinamo» futbol klubi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiradi», - deyiladi xabarda.
Avvalroq, Tribuna.uz sayti PFL ishchi guruhi seshanba kuni Samarqandda bo‘lib, «Dinamo» stadionini nazoratdan o‘tkazgani va O‘zbekiston Superkubogi bahsi ko‘hna shaharda o‘tkazilishi haqida xabar bergandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi

20:04 / 24.08.2023
«Nasaf» «Paxtakor»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi

18:02 / 27.02.2022
O‘zbekiston Superkubogi-2022. «Paxtakor» «Nasaf»ni mag‘lub etib, yangi mavsumni sovrin bilan boshladi

11:28 / 27.02.2022