Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Superkubogi-2022. «Paxtakor» «Nasaf»ni mag‘lub etib, yangi mavsumni sovrin bilan boshladi
2022 yilgi O‘zbekiston Superkubogi bahsi doirasida amaldagi chempion «Paxtakor» O‘zbekiston kubogi sohibi «Nasaf»ga qarshi maydonga tushdi.

Foto: Tribuna.uz
Yaypandagi muxlislar bilan liq to‘lgan «O‘zbekiston» markaziy stadionida kechgan uchrashuvning birinchi bo‘limi tengkurashlar ostida o‘tdi. Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida esa Aziz Turg‘unboyevning uzatmasidan keyin jarima maydonida hammadan baland sakray olgan Dragan Cheran «Nasaf» darvozasini ishg‘ol etdi – 1:0.
Uchrashuvning qolgan yarim soati davomida tomonlar maydonda asabiy va murosasiz kurash taqdim etgan bo‘lishsa-da, tablodagi hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa, «Paxtakor» Slavche Voyneski qo‘l ostidagi dastlabki rasmiy bahsda Cheranning yagona goli evaziga mavsumni sovrin bilan boshladi va 2021 yilgi Samarqanddagi kubok finalida uchralgan mag‘lubiyat uchun o‘ziga xos revansh oldi.
O‘zbekiston Superkubogi – 2022.
27 fevral (yakshanba)
«Paxtakor» – «Nasaf» – 1:0
Bosh hakam: Akobirxo‘ja Shukurullayev (Toshkent)
VAR hakami: Ahrol Risqullayev
VAR assistent: Rustam Lutfullin
Gol: Dragan Cheran, 61.
«Paxtakor»: Eldor Suyunov (Sanjar Quvvatov, 45), Hojiakbar Alijonov, Aleksey Larin, Kamen Xadjiyev, Farrux Sayfiyev, Odiljon Hamrobekov, Ikrom Aliboyev, Sardor Rashidov (Hojimat Erkinov, 81) Sardor Sobirxo‘jayev (Oliver Sharkich, 81), Aziz Turg‘unboyev, Dragan Cheran.
«Nasaf»: Umid Ergashev, Dilshod Saitov, G‘olib G‘aybullayev, Umar Eshmurodov, Sherzod Nasrullayev, Akmal Mozgovoy, Marko Stanoyevich (Bahrom Abdurahimov, 80), Ivan Solovyov (Aziz Xolmurodov, 80) Sharof Muhidinov, Suhrob Nurulloyev (Husniddin Aliqulov, 87), Husayn Norchayev.
Ogohlantirishlar: Farrux Sayfiyev 12, Ikrom Aliboyev 54, Sanjar Quvvatov 76, Dragan Cheran 84 – Marko Stanoyevich, 20.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Marg‘ilonda 35 mln dollarlik city qurilishi boshlandi
O‘zbekiston | 11:43
-
Davlat organlarida ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalar birinchi rahbar bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 11:29
-
Yana 6 ta metro bekatida poyezdlar harakati to‘xtatiladi
Jamiyat | 11:18
-
Rossiyaning Kiyevga zarbasi: sakkiz kishi, jumladan bir bola yaralandi
Jahon | 11:08
Mavzuga oid

16:56 / 07.07.2025
«Nasaf» klubi matbuot xizmati xodimi raqiblarni haqoratladi. U ishdan bo‘shatilgan

23:58 / 06.07.2025
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi

22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi

14:08 / 14.04.2025