2021 yilda Xitoy va Hindiston rahbarlarining O‘zbekistonga tashrifi kutilyapti
Tashqi ishlar vazirligi yangi tahrirdagi tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi, rejadagi tashriflar haqida ma'lumot berdi.

Narendra Modi va Si Tszinpin / Foto: REUTERS, Kim Kyung-Hoon
19 fevral kuni Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov yangi tahrirdagi tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasida kutilayotgan o‘zgarishlar va belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan ma'lumot berdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ta'kidlanishicha, yangi tahrirdagi hujjatda Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro iqtisodiy-siyosiy munosabatlar va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini olib borish eng ustuvor yo‘nalish sifatida saqlab qolinadi.
Yangi tahrirdagi tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasining asosiy maqsad va vazifalari deb quyidagilar belgilangan:
- zamonaviy xalqaro sharoitlardagi tashqi siyosiy, iqtisodiy sohalarda O‘zbekistonning milliy manfaatlarini ilgari surish;
- mamlakatning milliy xavfsizligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini mustahkamlash;
- xorijda O‘zbekistonning milliy manfaatlarini tizimli ravishda ilgari surish;
- xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona, teng huquqli munosabatlarni va o‘zaro manfaatli hamkorlikni muttasil va izchil rivojlantirish;
- O‘zbekistonning xorijdagi fuqarolari va yuridik shaxslarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish faoliyatini tubdan yaxshilash;
- jahon siyosatining madaniy-sivilizatsiyaviy va gumanitar qismi, diniy omil, inson huquq va erkinliklarini ta'minlash.
Ayni paytda tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi loyihasi idoralararo kelishuvdan o‘tgan va Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritilgan.
Furqat Siddiqovning aytishicha, yangi tahrirdagi konsepsiyada xorijda istiqomat qiladigan fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratiladi.
«Xorijda faoliyat yuritayotgan fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha Konsepsiya ishlab chiqildi. Shuningdek, Vatandoshlar jamg‘armasini tuzish va uning tashkiliy ishlari amalga oshirilmoqda. Keyingi yillarda ko‘plab vatandoshlarimiz O‘zbekistonga qaytib, turli sohalarda ishlamoqda. Hozirda ularning 150 nafardan ortig‘i rahbar hamda mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritmoqda», – dedi u.
Bundan tashqari, salohiyatli investorlar, malakali mutaxassislardan iborat 30dan ziyod xorijiy davlatda istiqomat qilayotgan 480dan ortiq o‘zbekistonliklar ro‘yxati shakllantirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil dekabrdagi Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida «davlatimiz olib borayotgan ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosatni inobatga olib hamda uzoq muddatli strategik maqsadlarimizdan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati takomillashtiriladi», – degan edi.
Avvalroq O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi o‘zgarishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari matbuot anjumani davomida joriy yilda O‘zbekiston «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusida xalqaro konferensiyaga mezbonlik qilishini ham ma'lum qildi.
Shuningdek, Trast jamg‘armasi faoliyati uchun jami 26,1 million dollarga teng mablag‘ jalb qilingani aytildi. Xususan, Norvegiya – 1,1 million dollar, Finlandiya – 1 million yevro, Birlashgan Arab Amirliklari – 10,7 million dollar, Yaponiya – 3,2 million dollar, Janubiya Koreya – 1 million dollar, Yevropa Ittifoqi – 5,5 million dollar mablag‘ ajratgan.
Ma'lumot uchun, BMT shafeligida tuzilgan Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik Trast jamg‘armasi 2018 yilda o‘z faoliyatini boshlagan.
TIV ma'lumotiga ko‘ra, pandemiya davrida turli tashkilotlar bilan 600dan ortiq videomuloqotlar o‘tkazilib, 350 million dollar moliyaviy kreditlar va 11 million dollar insonparvarlik yordami jalb qilingan, shuningdek, 600 mingdan ortiq fuqarolar O‘zbekistonga qaytarilgan.
Bundan tashqari, 2021 yil davomida Xitoy va Hindiston rahbarlarining O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilayotgani ma'lum qilindi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2025 yilgi Haj mavsumi: 1,6 million ziyoratchi va oqimning kamayishi sabablari
Jahon | 13:53
-
AQSh Ta’lim vazirligi Kolumbiya universiteti akkreditatsiyasini bekor qildi
Jahon | 13:44
-
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 13:42
-
Zelenskiy: «Kim Rossiyaga bosim o‘tkazmasa, u sherikdir»
Jahon | 13:16
Mavzuga oid

17:07 / 06.06.2025
Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi

13:35 / 06.06.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir 44 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

22:12 / 05.06.2025
Hindistonda saroy binosi ostidan yashirin kutubxona topildi

15:28 / 05.06.2025