Tencent korrupsiyada gumonlangan 100dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatdi
Kompaniya to‘rtinchi chorakdan boshlab mablag‘ o‘g‘irlash va poraxo‘rlikka oid 60dan ortiq ehtimoliy holatlarni tekshiruvdan o‘tkazgan.
Xitoyning Tencent Holdings Ltd internet kompaniyasi korrupsiyada gumonlangan 100dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatdi va bunday ishlarga aralashgan 37 kompaniyani qora ro‘yxatga kiritdi.
Kompaniya to‘rtinchi chorakdan boshlab mablag‘ o‘g‘irlash va poraxo‘rlikka oid 60dan ortiq ehtimoliy holatlarni tekshiruvdan o‘tkazgan.
Korrupsiya bilan bog‘liq ishlarda kompaniyaning Interactive Entertainment Group, Platform & Content Group va Cloud & Smart Industries Group bo‘linmalari sobiq xodimlari tilga olingan.
Tencent korrupsiyaga qarshi siyosatidagi har qanday qoidabuzarliklarga "toqat qilolmasligi" va bu masalada politsiya bilan uzviy hamkorlik qilishini ta'kidlagan.
Chorshanba kuni Hongkong birjasida Tencent aksiyalari narxi 1,6 foizga ko‘tarildi. Yil boshidan buyon kompaniya kapitallashuvi 30,5 foizga o‘sdi.
Mavzuga oid

09:20
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti

19:24 / 05.07.2025
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi

18:04 / 02.07.2025
Armanistonning sobiq prezidenti poraxo‘rlik va noqonuniy tadbirkorlikda ayblandi

19:42 / 30.06.2025