Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuqori Chirchiqdagi xonadondan qariyb 14 kilogramm giyohvand modda topildi

Foto: Tergov departamenti
2021 yilning 21 yanvar kuni soat 11:30da Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Tadbir davomida 36 yoshli D.K.ning Yuqori Chirchiq tumani T.G.Xvan mahallasida joylashgan yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan vaqtda 1 dona 100 litr va 1 dona 60 litr hajmdagi yelim idishlarda yashil rangli, o‘tkir hidli, ko‘rinishidan “nasha” giyohvandlik moddasi o‘simligiga o‘xshash bo‘lgan quritilgan holdagi o‘simlik tuplari borligi hamda shu yerdagi o‘choqda osilgan qozonda “nasha” giyohvandlik moddasiga o‘xshash bo‘lgan o‘simlik qovurilgan holatda saqlab kelinayotgani aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Sud kimyoviy ekspertizasi xulosasida D.K.ning uyidan olingan modda tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi va umumiy og‘irligi 13 899 grammni tashkil qilishi hamda qozondan olingan yog‘da qovurilgan “marixuana” giyohvandlik vositasining og‘irligi 270,14 gramm ekanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida D.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotishga suiqasd qilish) bilan ayblov e'lon qilingan hamda “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi
Jamiyat | 11:22
-
SSV tizimida uch turdagi korrupsion jinoyat ko‘p uchrayapti
O‘zbekiston | 11:04
-
«Navoiyuran» davlat korxonasining xalqaro reytingi yangilandi
O‘zbekiston | 11:00
Mavzuga oid

12:05 / 07.07.2025
Toshkentdagi mahallada giyohvandlik vositasini iste’mol qilgan yosh yigitlar aniqlandi

10:58 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida maxsus yuk avtomobili yonib ketdi

08:24 / 18.04.2025
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi

10:38 / 11.04.2025