Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV tizimida uch turdagi korrupsion jinoyat ko‘p uchrayapti
2024 yil davomida Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 500 dan ortiq korrupsiyaga oid jinoyatlar qayd etilgan. Ularning katta qismi mansabni suiiste’mol qilinish, pora olish-berish va davlat mablag‘larini talon-toroj qilish bilan bog‘liq.

Foto: senat.uz
Joriy yilning 11 iyul kuni Sog‘liqni saqlash vazirligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Oliy Majlis Senati raisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
2024 yil davomida Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 500 dan ortiq korrupsiyaga oid jinoyatlar qayd etilgan. Ularning katta qismi mansabni suiiste’mol qilinish, pora olish-berish va davlat mablag‘larini talon-toroj qilish bilan bog‘liq. Shuningdek, davlat xaridlari sohasida ham qator qonun buzilishlari holatlari aniqlangani ta’kidlandi. Hozirgi vaqtda qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, tibbiyot muassasalarida raqamlashtirish jarayonlarining sust ketayotgani, kadrlar tanqisligi, ishga qabul qilishda shaffoflikning yo‘qligi, tibbiy xizmatlar sifatining turli darajada bo‘lishi kabi tizimli muammolarga ham alohida e’tibor qaratildi.
Oliy Majlis Senati raisi o‘z nutqida ta’kidlaganidek, “korrupsiyaga qarshi kurashish faqat jazo choralari bilan cheklanib qolmasligi kerak. Asosiy maqsad – tizimda sezilarli o‘zgarishlarga erishish, fuqarolarning sog‘liqni saqlash tizimiga ishonchini mustahkamlashdir. Buning uchun, birinchi navbatda, ichki nazorat, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash lozim”.
Majlis yakunida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga bir hafta muddatda muhokama jarayonida bildirilgan takliflarni umumlashtirgan holda aniq chora-tadbirlar rejasini – “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, Milliy kengashga kiritish vazifasi yuklatildi.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

21:43 / 29.07.2025
Qirg‘izistonda sudlanganlarga muhim davlat lavozimlarini egallash taqiqlandi

20:52 / 29.07.2025
Odamlarning kundalik ishi tushadigan joylarda «korrupsiyaviy tuynuklar» yo‘qolmagani qayd etildi

10:14 / 29.07.2025
Namanganda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi bosh mutaxassisi ushlandi

10:31 / 25.07.2025