O‘zbekistonda mashhur nashidchilarning konsertlari tashkil etiladi

Foto: Flickr
Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Farmonga ilova qilingan «Uzoq xorij va qo‘shni respublikalardan xorijiy ziyoratchi sayyohlarni qabul qilish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga muvofiq, 2021 yildan boshlab, doimiy ravishda ziyorat turizmi yo‘nalishida xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatiladi.
Xususan:
- Markaziy Osiyodagi nufuzli ulamolar ishtirokida ularning muxlislarini jalb qilgan holda muntazam ravishda “Imams Tour” dasturi amalga oshiriladi;
- Islomiy madaniyat vakillari, mashhur qo‘shiqchilar (nashidchilar) ishtirokida ziyorat maskanlarida suratga olish ishlari uchun imtiyozli takliflar ishlab chiqish, ularning konsertlarini tashkil etish choralari ko‘riladi;
- Dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan Qur'on, azon va hadis musobaqalarida O‘zbekiston nomidan “Imomlar yurtiga sayohat” mukofotini joriy qilish va musobaqalar g‘oliblarining sayohati tashkillashtiriladi;
- Dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan Qur'on hofizlari va hadis talabalari musobaqalari g‘oliblari o‘rtasida grand finalni O‘zbekistonda tashkil etish choralari ko‘riladi.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha hujjat loyihalari va rejalar 2021 yilda ishlab chiqilishi belgilangan. Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun – Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Musulmonlar idorasi, Madaniyat vazirligi va Tashqi ishlar vazirliklari mas'ul qilib belgilangan.
Mavzuga oid

16:02 / 11.05.2025
AQShda Metallica konserti kuchsiz zilzilaga sabab bo‘ldi

19:25 / 20.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev

20:29 / 06.04.2025
Qoraqalpog‘istonda ilk bor ochiq osmon ostida konsert tashkil etildi

22:17 / 04.10.2024