Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar qaysi qon guruhi egalari eng kuchli immunitetga ega ekanliklarini aniqlashdi

Foto: TASS
Olimlar qaysi qon guruhi egalari eng kuchli immunitetga ega ekanliklarini aniqlashdi. Ular olib borgan tadqiqotga ko‘ra, IV qon guruhi egalari eng kuchli immunitetga ega bo‘ladilar.
Mutaxassislar kelgan xulosaga ko‘ra, qon guruhi inson organizmining virusli infeksiya vaqtida interferon ishlab chiqara olishiga ta'sir qiladi. Bu esa immun tizimi bilan bevosita bog‘liq hisoblanadi. Interferonlar virus, bakterial moddalar va past molekulyar kimyoviy birikmalarning organizmga kirishiga javoban ishlab chiqariladigan oqsillar hisoblanadi.
Olimlar IV qon guruhiga ega odamlar interferon ishlab chiqarish borasida eng kuchli ekanliklarini aniqlashgan. Bunday qon guruhiga ega sinaluvchilarning 92 foizi organizmida ushbu oqsil ko‘p miqdorda ishlab chiqarilgan.
I va III qon guruhiga ega sinaluvchilarning, mos ravishda, 80 va 91 foizida yuqori ko‘rsatkichlar qayd qilingan.
II qon guruhi tashuvchilarining 40 foizida interferon ishlab chiqarish darajasi past bo‘lgan va ular kasalliklarga uchrashga qolganlardan ko‘ra ko‘proq moyil hisoblanadilar.
Avvalroq xitoylik olimlar koronavirusni boshdan o‘tkazganlarning aksariyati immunitet tiklanishi muammolariga duch kelishlari mumkinligi haqidagi xulosaga kelishgandi. Bunday odamlarning bir qismida qonda limfotsitlar kamayishi kuzatilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

08:38 / 01.04.2025
Sog‘lom umrni uzaytirishning to‘rt asosiy usuli aytildi

20:23 / 23.11.2024
Qo‘rqinchli filmlar immunitetni mustahkamlashga yordam beradi - tadqiqot

08:14 / 13.10.2024
Olimlar qon guruhi va erta insult xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi

15:28 / 07.10.2024