Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shodmonov Trampning maqtovidan keyin gidroksixloroxinni sotib olish masalasi ko‘rila boshlanganini aytdi
O‘zbekiston gidroksixloroxinni AQSh prezidenti Donald Tramp maqtagani uchun sotib olgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining sobiq rahbari, hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori bo‘lgan Alisher Shodmonov XPKning navbatdagi sessiyasida davomida ma'lum qildi.

«Kasallik dastlab aniqlangan paytlarda nafaqat bizda, balki JSSTda ham aniq isbotlangan usul bo‘lmagan. Kasallikka qarshi qanday dori vositasini qo‘llash ma'lum emasdi. Dunyoda samara beradigan dori haqida ilmiy asos yo‘q edi.
Dastlab AQSh prezidenti Tramp gidroksixloroxinni maqtab chiqdi va shu zahoti bu dori vositasini sotib olish masalasi ko‘rila boshlandi. Orqasidan favipiravir o‘rganildi, nafaqat sotib olib, zaxira yaratildi, balki O‘zbekistonda ishlab chiqarish boshlandi.
Keyin bu yo‘nalishdagi eng qimmatbaho dori remdisivir xarid qildik. Reanimatsiyalarda og‘ir holatda bo‘lgan bemorlarni shu vositalar orqali saqlab qoldik», dedi Shodmonov «COVID-19: Koronavirusga qarshi kurashda milliy tajriba» mavzusidagi sessiyada.
- Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan imzolangan 46-sonli yig‘ilish bayoniga ko‘ra, «Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasi 1 mln dona gidroksixloroxin preparatini (bu o‘rinda «Oksivin», ishlab chiqaruvchi Hindiston kompaniyasi) O‘zbekistonga olib kirayotgani ma'lum qilingan. Sog‘liqni saqlash vazirligiga «Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasiga Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oldindan pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali shu va boshqa dori vositalarini xarid qilish vazifasi topshirilgan. Mazkur qarorni qabul qilishda sog‘liqni saqlash tizimining yetakchi mutasaddilari - E.Bositxanova, N.Parpiyev, I.Liverko, L.To‘ychiyev va H.Oqilov kabilarning fikrlari inobatga olingan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senat xorijdan qaytganlarni OIV majburiy tekshiruvidan o‘tkazish haqidagi qonunni ma’qulladi
O‘zbekiston | 21:29
-
Uitkoff uchun uyushtirilgan «sahna» - Tramp vakilining Isroil yordam markazlariga tashrifi G‘azodagi vaziyatni o‘zgartira oladimi?
Jahon | 20:49
-
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi
Jahon | 20:34
-
Trampning ultimatumidan keyin Putin: «Oreshnik»ni seriyali chiqara boshladik»
Jahon | 20:07
Mavzuga oid

19:43 / 09.01.2024
Alisher Shodmonov uzoq muddatli ta’tilga chiqdi

10:26 / 12.08.2023
Alisher Shodmonov vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lib qaytdi

17:30 / 05.07.2022
“Qoraqalpog‘istonning taqdiri – bu O‘zbekistonning taqdiri” - Alisher Shodmonov

10:49 / 25.12.2020