Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maradonani davolagan shifokor futbolchining o‘limida ayblanmoqda

Foto: Reuters
25 noyabrda hayotdan ko‘z yumgan argentinalik sobiq futbolchi Diyego Maradonani davolagan shifokor Leopoldo Lukega futbolchini qasddan sodir etilmagan o‘ldirish ayblovi qo‘yildi. Bu haqda Argentinaning Telam nashri xabar berdi.
Shifokor Maradonaning o‘limi tafsilotlari o‘rganilayotgan ish doirasida ayblangan. Ushbu ish doirasida tibbiy loqaydlikka yo‘l qo‘yilgani yoki yo‘qligi aniqlashtirilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, politsiya Lukening uyi va ofisida tintuvlar o‘tkazgan. Jumladan, tergovchilar tibbiy qaydlar, kompyuterlar, uyali telefonlar va “qonunga xilof harakatlar natijasidagi o‘lim” deb nom olgan ishni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan hujjatlarni izlashgan.
Telam’ning suddagi manbalarga tayanib qo‘shimcha qilishicha, shifokorga nisbatan hozircha ehtiyot chorasi qabul qilinmagan.
Shuningdek, prokuratura vakillari Maradonaning yaqinlari, uning qizlari bilan suhbatlashishgan. Tergovchilar futbolchining o‘limi oldidan yuz bergan hodisalar, uning noyabrdagi davolanishi haqida so‘rashgan. Avvalroq sobiq futbolchi shifoxonada miyada hosil bo‘lgan tromb sababli jarrohlik operatsiyasi o‘tkazgan edi. Bundan tashqari, tergovchilar Maradonaning shifoxonaga yotqizilishi qanday o‘tgani, uni davolashda qanday o‘ziga xos jihatlar bo‘lgani, futbolchining shifoxonadan chiqarilishi haqidagi qaror qanday qabul qilinganini so‘rashgan.
Avvalroq, 26 noyabrda Maradonaning advokati Matias Morla futbolchining mazasi bo‘lmagandan keyin chaqirtirilgan tez yordam shifokorlarini jinoiy loqaydlikda ayblagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar 30 daqiqada yetib kelgan.
Diyego Maradona 25 noyabrda 60 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan. Futbolchining vafoti tufayli Argentinada 3 kunlik motam e'lon qilingandi.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neft – dunyo iqtisodiyotining yuragi
Moliya | 23:17 / 09.08.2025
-
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ
Jahon | 22:29 / 09.08.2025
-
Rossiya harbiy brigadalardan birini migrantlar bilan to‘ldirdi – DeepState
Jahon | 21:33 / 09.08.2025
-
Mehnat huquqiga oid farmon: nimalar o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot | 21:11 / 09.08.2025
Mavzuga oid

22:11 / 11.03.2025
Diyego Maradonani davolagan shifokorlar sudlanadi

21:12 / 06.01.2024
Italiya sudi Maradonadan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik ayblovini olib tashladi

01:43 / 30.12.2022
«Alvido, Qirol». Pele merosi haqida

22:03 / 14.10.2022