Ilon Mask Bloomberg’ning eng boy odamlar ro‘yxatida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Foto: AP
Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari, amerikalik tadbirkor Ilon Mask 23 noyabrda Bloomberg axborot agentligining eng boy odamlar ro‘yxatida 2-o‘ringa ko‘tarildi.
Maskning boyligi Tesla aksiyalari narxi oshishi ortida 7,2 mlrd dollarga ko‘payib, umumiy hisobda 128 mlrd dollarga yetdi. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha Microsoft asoschisi Bill Geytsdan o‘zib ketdi. Geyts 127,7 mlrd dollar bilan 3-o‘ringa tushdi. Microsoft asoschisi 8 yil ichida ikkinchi marta 2-o‘rindan pastga tushmoqda. Reyting tuzuvchilarining ta'kidlashicha, agar Geyts xayriya bilan kamroq shug‘ullanganda, uning boyligi hozirgidan ko‘proq bo‘lardi.
1-o‘rinni esa Amazon rahbari Jyeff Bezos 182 mlrd dollar boylik bilan egallamoqda.
Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, Maskning boyligi oxirgi 12 oy ichida taxminan 100 mlrd dollarga ko‘paygan. Ta'kidlanishicha, dunyoning eng boy 500 kishisi orasida hech kim bunday davr ichida o‘z boyligini bunchalik ko‘paytira olmagan. Vaholanki, yanvarda milliarder Bloomberg ro‘yxatida 35-o‘rinni egallayotgandi.
17 noyabrda esa Tesla rahbari bir kun ichida 10 mlrd dollarga boyigani ma'lum qilingandi. O‘shanda uning boyligi 99,3 mlrd dollarga baholangan. Maskning boyligi ko‘payishiga asosiy omil Tesla kapitallashuvi oshishi hisoblanadi. Joriy yil yanvarida kompaniya qiymati 100 mlrd dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda u 500 mlrd dollarga baholanmoqda.
Reyting mualliflarining ta'kidlashicha, 2020 yil pandemiyaga qaramay, dunyoning eng boy odamlari uchun serdaromad bo‘ldi. Ular joriy yil ichida 1,3 trln dollarga boyishga ulgurishdi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi to‘planadi
O‘zbekiston | 15:41
-
Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suv tarmog‘i tortiladi
O‘zbekiston | 15:37
-
Prezident Kitobdagi oltin konini auksion asosida tadbirkorlarga berish bo‘yicha topshiriq berdi
O‘zbekiston | 15:31
-
O‘zbekiston islomshunoslik akademiyasi Abdulloh II nomidagi mukofot bilan taqdirlandi
O‘zbekiston | 15:17
Mavzuga oid

17:26 / 11.06.2025
Mask Tramp haqidagi ayrim postlari uchun uzr so‘radi

18:40 / 09.06.2025
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

15:04 / 09.06.2025
Maskning otasi Moskvada: Ilon xatoga yo‘l qo‘ydi

14:55 / 08.06.2025