AQSh Tayvan bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Foto: Getty Images
AQSh Tayvan bilan iqtisodiy hamkorlikni oshirish uchun 5 yilga mo‘ljallangan muloqot rejasini ishlab chiqmoqchi. Bu haqda The Guardian yozmoqda.
«AQSh-Tayvan iqtisodiy farovonligi bo‘yicha sheriklik muloqoti» deb nomlanajak kelishuvga muvofiq, tomonlar har yili axborot xavfsizligi, yarimo‘tkazgich ishlab chiqarish, investitsiya, fan va texnologiyalar sohasida hamkorlikni takomillashtirish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazadi.
Tayvan tashqi ishlar vaziri Jozef Vu muloqotlardagi bu yangi qadamni muhim voqea deb atadi. AQShning Tayvandagi diplomatik vakili bo‘lgan Taypey-Amerika instituti direktori Brent Kristensen esa ushbu kelishuv AQSh-Tayvan aloqalari rivojlanib borayotganidan dalolat berishini ta'kidlagan.
AQSh va Tayvan o‘rtasidagi kelishuv orolni o‘z hududi deb biladigan Xitoyning salbiy reaksiyasiga sabab bo‘lishi kutilmoqda. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Vinbin AQSh va Tayvan o‘rtasidagi iqtisodiy muloqot uchrashuvini qoralab, Vashingtonni Tayvan bilan har qanday rasmiy aloqani to‘xtatishga chaqirgan.
Ma'lumot uchun, AQSh atrof muhitni muhofaza qilish agentligi rahbari Endryu Uiler 20 dekabrda Tayvanga tashrif buyurishi kutilmoqda. Xitoy esa bu tashrif amalga oshsa, AQShga qarshi chora ko‘rishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27