Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quvada ikki kunda 3 odamning o‘limiga sabab bo‘lgan qotilliklar yuz berdi
Yomon xabar tez tarqalib, aholi o‘rtasida vahima ko‘payadi. Kimdir bilib, kimdir bilmasdan uzuq-yuluq eshitgan hodisa tafsilotlariga qo‘shib-chatib gap tarqatishga tushib ketadi. Bunday vaziyatda voqeaga aniqlik kiritish uchun ishonchli manbalardan ma'lumot olish eng to‘g‘ri yo‘l sanaladi.
Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Quva tumanida mudhish qotilliklar sodir etilgani haqida turli mish-mishlar kezib yuribdi.
Shu bois biz Farg‘ona viloyati prokuraturasi bilan bog‘lanib, Quva tumanida sodir etilgan jinoyatlar sabablarini bilishga harakat qildik. Prokuratura rahbariyati jinoyat ishlariga oid ma'lumotlarni taqdim etdi.
Birinchi qotillik
2020 yil 5 noyabr kuni soat 19:00larda Quva tumani, Sanoatchilar MFY, Pastki Begobod ko‘chasi, 55-uyda yashagan 49 yoshli ayolning murdasi yashash xonadonidan qotillik alomatlari bilan topilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, 5 noyabr kuni soat 16:00larda fuqaro M.A. o‘zining turmush o‘rtog‘i boshqa erkaklar bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelayotganidan shubhalanib, u bilan rashk tufayli janjallashgan. Janjal paytida er ayolining chap bilak sohasi va bo‘yin qismiga oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazib, qasddan o‘ldirgan.
Tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasida marhumaning bo‘yin sohasida ko‘ndalang joylashgan, uzunligi 10 sm bo‘lgan, tubi mushaklar bilan chegaralangan hamda chap bilak kaft bo‘g‘ini ichki yuzasida qon tomirlari va paylari shikastlanib kesilgan jarohatlar, shuningdek, yuz, ko‘krak, qorin, ikkala oyoq sohalarida ko‘plab qontalash izlar aniqlangani ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga shu modda bilan ayb e'lon qilinib, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan.
Hozirda ayblanuvchining ruhiy holatini tekshirish maqsadida unga nisbatan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Ikkinchi qotillik
Shu yil 7 noyabr kuni soat 11:00larda Quva tumani, Ittifoq MFY, Tojmahal ko‘chasi 40-uy oldida 59 yoshli M.Q.ni 44 yoshli qo‘shnisi A.A. o‘zining voyaga yetmagan qiziga tegajog‘lik qilganlikda gumon qilib do‘pposlagan. Unga o‘g‘li M.A. yordam bergan. Shu vaqtda M.Q. o‘zining 29 yoshli o‘g‘li A.Z.ga telefon qilib, uni qo‘shnilari urayotganini aytib, yordamga chaqirgan.
Mazkur chaqiruvga asosan A.Z. “Matiz” rusumli avtomashinasida Ittifoq MFY Tojmahal ko‘chasiga yetib kelib, otasini qo‘shnilari A.A. va M.A. urayotganini ko‘rib, oilasi bilan bir necha kunlardan buyon davom etib kelayotgan adovat zamirida qasddan o‘ldirish maqsadida avtomashina tezligini oshirib, A.A. va M.A.lar turgan tomonga qarab bostirib borib, A.A, uni yonida bo‘lgan o‘zining otasi M.Q. hamda janjalning oldini olmoqchi bo‘lgan 35 yoshli qo‘shnisi I.B. hamda 61 yoshli F.N.larni urib yuborgan.
Oqibatda I.B. va M.Q. hodisa joyida vafot etishgan, F.N. hamda A.A.lar turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Fuqaro A.Z. shu kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan gumonlanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. Unga nisbatan 12 noyabr kuni JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayb e'lon qilinib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Elmurod Ermatov tayyorladi
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Daniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 07:11
-
Rossiyalik hakerlar o‘zini "Kasperskiy laboratoriyasi" sifatida ko‘rsatgan
Jahon | 07:09
-
«Sea Breeze Uzbekistan»da ekologik talablarga rioya etilmasa loyiha to‘xtatiladi - Hukumat qarori
O‘zbekiston | 07:02
-
HAMAS Falastin davlati tuzilmagunicha qurolni tashlamasligini ma’lum qildi
Jahon | 01:19
Mavzuga oid

09:49 / 30.07.2025
Samarqandda 34 yoshli xonanda ayol eri tomonidan o‘ldirib ketildi

19:22 / 25.07.2025
Konibodomdagi seriyali qotilliklar bo‘yicha to‘rt kishi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

18:18 / 21.07.2025
Surxondaryodagi bozorda sotuvchi bir guruh shaxslar tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

15:48 / 13.07.2025