Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko muddatdan oldin lavozimidan ketmasligini ma'lum qildi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko hokimiyatni o‘z vorislariga emas, balki prezident saylovlari g‘olibiga topshirishga va'da berdi. Shu bilan birga, Lukashenko muddatdan oldin lavozimidan ketmasligini aytdi.

Foto: RIA Novosti
Belarus rahbari Rossiya, Ukraina, Moldova va Qozog‘iston OAV vakillari bilan uchrashuvda bu haqda ma'lum qildi va hokimiyatning tranziti ssenariysini qo‘llamasligini, ya'ni uni o‘z vorislariga topshirmoqchi emasligini ta'kidlab o‘tdi.
“Hech qanday vorislar bo‘lmaydi. Xalq kimni saylasa, shunday bo‘ladi. Men ont ichganman. Men Belarus xalqi qanday qaror qilsa, shunday bo‘lishiga va'da berganman”, – deb aytgan Lukashenko suhbat davomida.
Belarus rahbari o‘zining muddatdan oldin iste'foga ketishi ehtimolini qat'iyan rad etgan. “Men to‘satdan prezident vakolatlarimdan voz kechib yubormayman”, – deb aytgan Lukashenko Qozog‘istonning “Xabar” agentligi jurnalistining tegishli savoliga javoban.
Belarus prezidenti Ukrainaning “112.Ukraina” telekanali vakilining Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uni prezident deb atamasligi haqida aytgan so‘zlariga ukrainalik hamkasbi, avvalambor, o‘zi haqida o‘ylab ko‘rishi kerakligini aytgan. “Uning qo‘llab-quvvatlanishi darajasi 70 foizdan 22-30 foizgacha tushib ketdi. 1,5-2 yil ichida o‘ziga xalq tomonidan ishonchning shunchalik yo‘qolishi uchun “ustamon” bo‘lish kerak. Kim gapirsa gapirsin, Zelenskiy og‘zini ochmasin”, – deb aytgan Lukashenko.
Belarus prezidentining ta'kidlashicha, Belarus uchun iqtisodiyot va siyosat masalalarida Rossiyadan boshqa muqobil variant yo‘q. “Qayerga boqma, Rossiyasiz bizga qiyin bo‘ladi”, – deb qo‘shimcha qilgan Lukashenko.
Belarus yetakchisi prezident saylovlaridan keyin o‘z vakolatlari bilan bo‘lishishga tayyorligini, biroq buni ko‘cha bosimi ostida emas, konstitutsiyani o‘zgartirish orqali amalga oshirishini aytgan. Uning ta'kidlashicha, konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish rejasi 2021 yil boshida bo‘lib o‘tadigan Umumbelarus xalq yig‘inida muhokama qilinadi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Rossiyada migrantlarga taksida ishlashni taqiqlash taklif etildi
Jahon | 20:24
-
Rossiya Zaporijjyadagi koloniyaga zarba berdi
Jahon | 20:05
-
4 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:58
Mavzuga oid

07:37 / 03.07.2025
Lukashenko yil oxirigacha «Oreshnik» Belarusda joylashtirilishini ma’lum qildi

18:47 / 02.07.2025
Lukashenko 16 kishini, jumladan, «ekstremistik» jinoyatlarda ayblanganlarni afv etdi.

18:13 / 21.06.2025
Trampning maxsus vakili Kellog Minskda Lukashenko bilan uchrashdi

20:28 / 07.05.2025