Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Formula-1: Hemilton afsonaviy Shumaxer rekordini yangiladi

Foto: Getty Images
“Formula-1” poygasining Portugaliyada o‘tgan bosqichida Mercedes a'zosi Lyuis Hemilton g‘alaba qozondi. U bu g‘alabasi evaziga afsonaviy nemis poygachisi Mixael Shumaxerning rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
Finishga ikkinchi bo‘lib Mercedes’ning yana bir a'zosi Valtteri Bottas, uchinchi bo‘lib Red Bull vakili Maks Ferstappen yetib kelgan.
Bu g‘alaba Hemilton uchun faoliyatidagi 92-g‘alaba bo‘ldi. Bu “Formula-1” uchun yangi rekord hisoblanadi. Avvalgi rekord natija Shumaxerga tegishli bo‘lgan va uning hisobida 91 ta g‘alaba bor.
35 yoshli Hemilton ilk g‘alabasini 2007 yilda Kanada gran-prisida qo‘lga kiritgan. 51 yoshli “Shumi” esa birinchi g‘alabasiga 1992 yilda Belgiya bosqichida, oxirgisiga esa 2006 yilda Xitoy bosqichida erishgan.
Ayni vaqtda Hemilton poygada peshqadamlikni saqlab qolmoqda va 7-chempionlik unvoni uchun olg‘a qadam bosmoqda. Agar u mavsumda g‘alaba qozonsa, chempionlik unvoni soni bo‘yicha nemis poygachisi bilan tenglashib oladi.
Poyganing keyingi bosqichi – Emiliya-Romanya gran-prisi Italiyada 30 oktabr–1 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abituriyentlarga «super» imkoniyat, majburiy ro‘yxatga olinadigan hayvonlar va soxta tabiblardan ogohlik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54
-
AQSh Falastinni tan olmoqchi emas
Jahon | 22:49
-
«To‘yga tayyorlagan qizim edi» – Ohangaron suv omborida yuz bergan fojia haqida reportaj
Jamiyat | 22:37
-
Toshkentda bu yil 374 km elektr tarmog‘i, 11 ta nimstansiya va 62 ta transformator yangilanadi
O‘zbekiston | 22:00
Mavzuga oid

09:16 / 26.06.2025
Portugaliya fuqarolik olish qoidalarini qat’iylashtiryapti

00:22 / 18.06.2025
Ispaniya va Portugaliyada aprel oyida yuz bergan blekaut sabablari aniqlandi

11:11 / 09.06.2025
Yamalning davri hali kelmadi. Ronaldu finalda hal qiluvchi golni urdi, muxlislar yana uning nomini qo‘shiq qilib kuyladi

16:09 / 28.05.2025