O‘zbekiston | 13:16 / 24.10.2020
2765
1 daqiqa o‘qiladi

NTT hamda OTMlarga xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirish huquqi beriladi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantirish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan prezident farmoni loyihasi yuzasidan tashkil etilgan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov sohada kutilayotgan o‘zgarishlar haqida gapirdi.

Vazirning ma'lum qilishicha, 2021 yil 1 yanvarga qadar qisqa muddatli pedagogik kurslar, sinf rahbarlarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslari joriy qilinadi.

Shuningdek, 2021 yil 1 fevralga qadar «Pedagog xodimlarning maqomi to‘g‘risida»gi qonun, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, Respublika ta'lim markazi faoliyatini takomillashtirish sohalarida normativ huquqiy hujjat ishlab chiqiladi.

2021 yil 1 maydan boshlab esa «Uzluksiz kasbiy ta'lim» maxsus elektron platformasi ishga tushiriladi, NTT hamda OTMlarga xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirish huquqi beriladi.

Mavzuga oid