Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonobod shahriga yangi hokim tayinlandi
Andijon viloyatining Xonobod shahriga yangi hokim tayinlandi.
Bugun, 22 oktabr kuni Andijon viloyati Xonobod shahrida xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiyada viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi. Ushbu sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi va shaharga yangi rahbar tayinlandi.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, Mash'al Xurmamatovich Tojiboyev Xonobodning yangi hokimi etib tayinlangan.
Mash'al Tojiboyev 1984 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan, 2007 yilda Toshkent arxitektura qurilish institutini tamomlagan (sirtqi).
U 2003-2004 yillarda Andijon pudrat savdolarini tashkil etish va o‘tkazish Andijon viloyat boshqarmasi mutaxassisi, 2004-2010 yillarda Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish hududiy konsalting markazi yetakchi mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, bosh mutaxassisi, tanlov savdolarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, markaz yetakchi mutaxassisi, 2010 yilda «Qishloq qurilish invest» ixtisoslashtirilgan sho‘'ba injiniring kompaniyasi Andijon filiali uy-joy marketing sho‘'basi bosh mutaxassisi bo‘lgan.
2010 yilda Andijon viloyati hokimligida ish boshlagan va 2016 yilga qadar viloyat hokimligi kapital qurilish, kommunikatsiyalar va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha kotibiyati yetakchi mutaxassisi, kotibiyat mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi, mudir, 2016 yilda hokimlikda sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha kotibiyat mudiri bo‘lgan. 2016-2017 yillarda Andijon shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (2016 yil 8 maydan 2016 yil 17 dekabrgacha Andijon shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi) sifatida ishlagan.
2017 yildan hozirgi vaqtgacha Andijon viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
- Eslatib o‘tamiz, Xonobod shahrining avvalgi hokimi Musaxon Mamadaliyev shu yilning sentabr oyi oxirida pnevmoniyaga chalinish oqibatida vafot etgandi.
- Bugun kun davomida Andijon viloyatining Oltinko‘l tumaniga ham yangi hokim tayinlandi. Oktabr oyi boshida vafot etgan Nazirjon O‘rinboyev o‘rnini 2018 yildan buyon Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan Iqbolbek Matro‘ziyev egalladi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Buloqboshi tumanidagi kanalga neft oqib ketdi
O‘zbekiston | 12:29
-
O‘zbekiston va Airbus havo kemalari parkini kengaytirishga kelishib oldi
O‘zbekiston | 12:11
-
Shri-Lanka O‘zbekistonga o‘z portlaridan foydalanishni taklif qildi
Iqtisodiyot | 12:06
Mavzuga oid

12:03 / 18.07.2025
Anvar O‘rmonov Toshkent shahri prokurori v.b bo‘lgan

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025