SSV: koronavirusga qarshi samarali preparatlar aholiga davlat hisobidan berilmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi samarali preparatlar aholiga davlat hisobidan berilayotgani haqida ma'lumot berdi.
«Mamlakatimizda pandemiya sharoitida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan dori-darmon taqchilligi oldini olish maqsadida davlatimiz tomonidan qator choralar ko‘rilmoqda. Avvalo, hududlarda yetishmovchilik kuzatilayotgan dori-darmonlar aniqlanib, ularni yetkazib berish masalalari hal etilmoqda. Hozirda ushbu dori vositalarining 24 milliard so‘mlik zaxirasi shakllantirilib, ayni paytgacha poliklinikalar orqali 300 ming to‘plam dori qutilari aholiga tarqatilmoqda.
Ma'lumki, hozirda jahon tibbiyotida koronavirus infeksiyasidan davolash uchun «Remdesivir» va «Favipiravir» dori vositalari keng qo‘llanmoqda. Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan, aholini aynan shunday sifatli va qimmatbaho preparatlar bilan bepul ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Hozirga qadar kasallikning boshlang‘ich bosqichidagi bemorlar uchun 17 ming dona (17 ming nafar bemorga mo‘ljallangan) «Favipiravir» va og‘ir holatdagi bemorlar uchun 15 ming dona (2500 nafar bemorga mo‘ljallangan) «Remdesivir» dori vositasi davolash muassasalariga bepul yetkazib berildi.
Eng e'tiborlisi, yurtimizda ham ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilayotgan «Remdesivir» preparati bilan aholini ta'minlash qisqa vaqt ichida bir necha barobarga oshirilishi kutilmoqda.
Shuningdek, ayni paytgacha maktab o‘qituvchilari uchun 4 million 715 ming dona tarkibida koronavirusga qarshi samarali bo‘lgan sink mikroelementi mavjud preparatlar yetkazib berildi.
Davlat rahbari tomonidan har oy shu kabi dori vositalari turkumini respublika shifoxonalariga uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00
-
Davlat ijrochilari ijro yig‘imi hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi
O‘zbekiston | 11:57
-
Tramp 3 yilda raketaga qarshi yangi mudofaa tizimi yaratilishini e’lon qildi
Jahon | 11:55
-
O‘zbekiston asalni asosan ikki davlatga eksport qilmoqda
Iqtisodiyot | 10:53
Mavzuga oid

18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi

11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?

17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda

19:59 / 09.07.2024