Ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalarini tashkil etishning yangi me'yorlari belgilandi
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va boshqa xodimlarga 6 foizlik kunlik qo‘shimcha to‘lovi o‘rniga har oylik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari amalga oshiriladigan lavozimlar ro‘yxati tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligini ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra:
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga ixtisoslashgan maxsus poliklinikalardagi:
- vrach xodimlarga 2,5 million so‘m;
- o‘rta tibbiyot xodimlariga 1,5 million so‘m;
- kichik tibbiyot xodimlariga 1 million so‘m;
- boshqa xodimlarga 500 ming so‘m;
Tez tibbiy yordam brigadalari, ixchamlashtirilgan tez tibbiy yordam mobil brigadalaridagi:
- vrach xodimlariga 2,5 million so‘m;
- o‘rta tibbiyot xodimlariga 1,5 million so‘m;
- haydovchilarga 500 ming so‘m to‘lanadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berishicha, har oylik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari tez tibbiy yordam brigadalarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tibbiyot xodimlari va haydovchilarning bir shtat birligi (stavka) hisobidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Agar xodim bir stavkadan kam ishlayotgan bo‘lsa, unga qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari bajargan ish hajmidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining «Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash davrida aholini tez tibbiy yordam xizmati bilan keng qamrab olish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 20 iyuldagi qaroriga asosan, ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalarini tashkil etishning vaqtinchalik me'yorlari quyidagicha tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda tuman va shahar markazlarida sutkalik haqiqiy chaqiriqlar soni 16tadan oshganda keyingi har 16ta chaqiriqqa bitta ixchamlashtirilgan tez tibbiy yordam mobil brigadasi tashkil etiladi. Shunda haqiqiy chaqiriqlar soni 32taga chiqqanda bitta, agar 48taga yetsa, ikkita ixchamlashtirilgan tez tibbiy yordam mobil brigada tashkil etiladi.
Mazkur me'yor tuman(shahar)lardagi olis va chekka hamda aholi tarqoq bo‘lgan hududlarida sutkalik har 12ta chaqiriqdan oshganda, Toshkent shahri hududida sutkalik har 14ta chaqiriqdan oshganda amal qiladi.
Ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalari sonini ko‘paytirish yoki kamaytirish hududiy sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari tomonidan har bir tuman yoki shahardagi epidemiologik vaziyatdan, chaqiruvlar soni va mavjud resurslardan kelib chiqib belgilanadi.
Ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalarga tun-u kun navbatchilik uchun bir nafar tibbiyot xodimi (vrach yoki hamshira-feldsher) lavozimlari (4,75ta shtat birligida) va bir nafar haydovchi (4,5ta shtat birligida) ajratiladi.
Chaqiruvlar soni to‘g‘risidagi ma'lumotlar har 15 kunda qayta ko‘rib chiqiladi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
AQSh davlat kotibi Rossiya prezidentini harbiy jinoyatchi deb atashdan bosh tortdi
Jahon | 01:12
-
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 yig‘ilishidagi so‘nggi ma’lumotlar
Jahon | 00:45
-
Britaniyaliklar Everestni yangi usulda zabt etdi
Jahon | 23:43 / 21.05.2025
Mavzuga oid

18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi

11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?

17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda

19:59 / 09.07.2024