Respublikada 76 foizdan ortiq maktablar to‘laqonli faoliyatini tikladi – XTV
Xalq ta'limi vazirligi 28 sentabr kuni respublikadagi mavjud maktablarning 7620tasi (76, 3 foiz) o‘z faoliyatini to‘liq tiklagani haqida xabar berdi.

Pandemiya sharoitida 2020-2021 o‘quv yilidan maktablar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yila boshladi. Maktablarning ochilishi to‘g‘risidagi qarorlar har bir maktab bo‘yicha individual tarzda sanitariya-epidemiologik vaziyat inobatga olingan holda mahalliy kengashlar deputatlari ruxsatidan so‘ng qabul qilinmoqda.
Xususan, 7 sentabr kuni O‘zbekistonda 431ta (4,3 foiz) maktab faoliyatini boshlagan bo‘lsa, 14 sentyabrdan 2560ta (25,6 foiz), 21 sentyabrda 4379ta (43,9 foiz) maktab faoliyatini tikladi.
Maktab faoliyati tiklanmagan o‘quvchilarning ta'lim olishi «Onlayn-maktab» loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali ta'minlanmoqda.
Mavzuga oid

11:05 / 07.12.2022
“Xalq ta’limida bugungi qilinayotgan ishlarning natijasini 5-10 yildan keyin ko‘ramiz” - Baxtiyor Saidov

10:13 / 07.12.2022
Xalq ta’limi vaziri – qachon oxirgi marta avtobusda yurgani, 5 soat uxlashi va tizimdagi qarindosh-urug‘chilik haqida

20:37 / 22.11.2022
XTV va SSV tizimlarida budjetning 77 mlrd so‘mi noqonuniy ishlatildi

14:45 / 10.11.2022