Koronavirus: O‘zbekistonda kasallanish holatlari soni 54 mingdan oshdi
25 sentabr kuni O‘zbekistonda 496 kishida koronavirus aniqlanib, 513 kishi tuzalgani tasdiqlandi. Kunlik kasallanish ko‘rsatkichi so‘nggi haftalarda ilk marta 500dan kam bo‘ldi.
Rasmiy statistikada jami holatlar soni 54 mingdan oshdi: hozirgacha 54 462 kishida koronavirus aniqlangan. Ulardan 50 954 nafari tuzalgan.
Qurbonlar soni kamida 3 nafarga ortib, SSV statistikasi bo‘yicha 450 nafarga yetdi.
Yangi holatlar (+496)
Kun davomida respublikaning 7 hududida tana harorati ko‘tarilgani hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
- Toshkent shahrida 363 holat;
- Toshkent viloyatida 89 holat;
- Samarqand viloyatida 16 holat;
- Qashqadaryo viloyatida 9 holat;
- Andijon viloyatida 9 holat;
- Xorazm viloyatida 6 holat;
- Qoraqalpog‘istonda 4 holat.
Tuzalganlar (+513)
Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Navoiy hamda Samarqand viloyatlarida jami 513 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha koronavirusdan forig‘ bo‘lganlar soni 51 mingga yaqinlashdi.
- Toshkent shahrida 311 nafar;
- Toshkent viloyatida 81 nafar;
- Namangan viloyatida 35 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 35 nafar;
- Surxondaryo viloyatida 19 nafar;
- Andijon viloyatida 12 nafar;
- Navoiy viloyatida 10 nafar;
- Samarqand viloyatida 6 nafar;
- Qoraqalpog‘istonda 4 nafar bemor tuzaldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun vafot etgani tasdiqlangan uch nafar bemor haqida ham hech qanday qo‘shimcha ma'lumot bermadi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3 058 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 718 nafari og‘ir, 289 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya armiyasi Zaporijjyaga dronlar bilan zarba berdi
Jahon | 09:10
-
Tojikistondan olib kelingan qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi
O‘zbekiston | 08:50
-
Netanyahu eronliklarni hukumatga qarshi chiqishga chaqirdi
Jahon | 08:31
-
Eronning Isroilga javobi: Tel-Avivda vayrongarchiliklar, yaralanganlar bor
Jahon | 07:43
Mavzuga oid

10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis

03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi

10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda

23:06 / 16.01.2023