Yunusoboddagi tungi klub yonida yuz bergan pichoqbozlik bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar e'lon qilindi
Toshkent shahar IIBB Yunusoboddagi tungi klub yonida yuz bergan pichoqbozlik holati bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlarni e'lon qildi.

Qayd etilishicha, 20 sentabr kuni ertalab soat 6:00lar atrofida patrul-post xizmati xodimlariga Amir Temur ko‘chasidagi tungi klub yonida mushtlashuv yuz bergani haqida ma'lumot kelib tushgan.
PPX xodimlari voqea joyiga yetib kelishganda, pichoq bilan yaralangan to‘rt nafar yigitlardan bittasi – 18 yoshli Ali G. voqea joyning o‘zida hayotdan ko‘z yumgan, uch nafar yigit shifoxonaga yetkazildi. Shifoxonada janjalda ishtirok etganlardan yana biri – 23 yoshli Danil S. hayotdan ko‘z yumgan. 21 yoshli Aziz A. va 28 yoshli Azizbek T. ayni vaqtda shifoxonaga joylangan.
Ma'lum bo‘lishicha, kelishmovchilik ikki guruh yigitlar orasida kelib chiqqan. 8 kishidan iborat bo‘lgan birinchi guruh orasida ikki nafar qiz ham bo‘lgan va ularning hammasi Amir Temur ko‘chasida joylashgan tungi klub yonida bo‘lishgan. 5 kishilik ikkinchi guruh ham o‘sha atrofda bo‘lgan. Qizlardan birining o‘z guruhidagi yigitga aytgan gapi boshqa guruhdagi yigitga xuddi unga aytilgandek tuyulgan. Shu sababli orada kelib chiqqan mojaro mushtlashuvga aylanib ketgan. Mushtlashuv davomida ikkinchi guruh ishtirokchisi 23 yoshli Sanjarbek X. pichoq chiqarib tartibsiz ravishda zarba berishni boshlagan. Natijada, to‘rt nafar yigit jabrlanib, ulardan ikki nafari hayotdan ko‘z yumgan.
Voqea joyiga yetib kelgan Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan 23 yoshli Sanjarbek X., 18 yoshli Sardor K., 23 yoshli Rahmatulloh X. va yana bir necha kishi qo‘lga olinib, ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan.
Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (“Qasddan odam o‘ldirish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi tariqasida jinoiy ishga jalb qilingan 23 yoshli Sanjarbek X. hozirda qo‘lga olingan.
Ayni vaqtda kelishmovchilikning yana ikki nafar ishtirokchisi bo‘lgan 18 yoshli Sardor K. va 23 yoshli Rahmatulloh X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (“Bezorilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Mazkur shaxslar ham qo‘lga olingan.
Tergov davom etmoqda. Kelishmovchilikning boshqa ishtirokchilarini qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda, deyiladi IIBB ma'lumotida.
Yunusoboddagi pichoqbozlik bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi. Hodisa oqibatida ikki kishi vafot etgan
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
-
Toshkentga 361 kg eshak go‘shtini olib ketayotgan Lacetti to‘xtatib qolindi
Jamiyat | 00:08
Mavzuga oid

22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi

09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi

07:30 / 21.04.2025
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi

20:42 / 17.04.2025