Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 1,5 mln bola maktabga qatnab o‘qiy boshladi. Jami maktablarning 44 foizi ochilgan
Respublika bo‘yicha an'anaviy ta'lim jarayonlari boshlangan maktablar soni 4 379 taga yetdi, deb ma'lum qildi Xalq ta'limi vazirligi.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati
Hududlardagi epidemiologik vaziyat, ta'lim dargohi va sog‘liqni saqlash tizimining vaziyatga tayyorligidan kelib chiqqan holda 21 sentyabrdan boshlab, respublika bo‘yicha jami 4 379 ta (43,9%) maktab to‘laqonli ravishda ishlamoqda.
Xalq ta'limi vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur maktablarda 2,1 mln nafar (34 foiz) o‘quvchi tahsil olayotgan bo‘lib, ulardan 1,5 mln nafari (72 foiz) an'anaviy, qolgan 595 ming nafari (28 foiz) onlayn shaklda ta'lim olmoqda.
«Maktab faoliyati tiklanmagan o‘quvchilarning ta'lim olishi esa «Onlayn-maktab» loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali ta'minlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, maktablarning an'anaviy shaklda ochilishi to‘g‘risidagi qarorlar har bir maktab bo‘yicha individual tarzda ularning haqiqiy tayyorgarligi, hududdagi yoxud maktabdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat, o‘qituvchilar orasida koronavirus kasalligining qayd etilishi hamda sog‘liqni saqlash tizimi xulosalariga muvofiq faqatgina mahalliy kengash deputatlari ruxsatidan so‘ng qabul qilinadi», – deyiladi vazirlik axborotida.
XTV avvalroq barcha maktablar 1 oktyabrga qadar ochilishi kutilayotganini ma'lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bu yil 374 km elektr tarmog‘i, 11 ta nimstansiya va 62 ta transformator yangilanadi
O‘zbekiston | 22:00
-
Putin sulh tuzish uchun Ukraina hududlarini so‘ramoqda – OAV
Jahon | 21:58
-
Lukashenko navbatdagi prezidentlik saylovida qatnashmasligini aytdi
Jahon | 21:22
-
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54
Mavzuga oid

10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis

03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi

10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda

23:06 / 16.01.2023