AQShdagi yong‘inlar: Oregon shtatida yarim million kishi evakuatsiya qilindi

Foto: AP Photo/Paula Bronstein
AQShning g‘arbida joylashgan Oregon shtatida kamida 500 ming kishi tabiiy yong‘inlar sababli evakuatsiya qilindi. Hozirda yong‘inlar maydoni 360 ming gektardan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Tabiiy ofat 3 kishining o‘limiga olib kelgan.
Oregon aholisi 4,2 mln kishini tashkil qiladi. Mahalliy hukumat shtatning 10 foizdan ko‘proq aholisiga xavfsiz joyga ko‘chib o‘tishni tavsiya qilgan.




AQShning idoralararo milliy o‘t o‘chirish markazi ma'lumotlariga ko‘ra, Oregon, Kaliforniya va Vashington shtatlarida 100 dan ko‘proq tabiiy yong‘in avj olgan. Ularning umumiy maydoni 1,7 mln gektardan oshib ketdi.






Avvalroq Oregon osmoni yong‘inlar tufayli qizg‘ish tus olgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27
Yevropa Ittifoqi AQSh yangi tariflariga javob choralarini qo‘lladi

13:01