AQShning 3ta shtatini 100ga yaqin yirik yong‘in qamrab oldi

Foto: twitter.com/love41day
AQShning Oregon, Kaliforniya va Vashington shtatlarini kamida 96 ta yirik tabiiy yong‘in qamrab oldi. Ularning umumiy maydoni 1,4 mln gektarga yaqinni tashkil qilmoqda.
Jumladan, Oregonda osmon yong‘inlar tufayli qizg‘ish tusga kirgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu manzaraning suratlari va videosi bilan bo‘lishmoqda. Ularning ta'kidlashicha, ayni vaqtgacha shtatda bunday ko‘lamdagi tabiiy ofat bo‘lmagan. O‘n minglab odamlar xavfsiz joyga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, yong‘inlar ko‘plab qurbonlarga va katta talafotlarga olib kkelishi mumkin.
Yong‘inlar anomal issiq havo sababli yuzaga kelgan. Issiq, qurg‘oqchil havo va kuchli shamol ularning tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Kaliforniya shtatida yong‘in ichida qolgan maydon 930 ming gektardan oshib ketdi. Bu shtat tarixidagi eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Avvalgi antirekord 2018 yilda o‘rnatilgan, o‘shanda 793 ming gektardan ko‘proq maydon olov ichida qolgan.
Shtatda yong‘inlar minglab uylar va inshootlarga talafot yetkazgan, 11 kishi ularning qurboniga aylangan.
People really don’t know what to do right now. Everyone on the Embarcadero is stopping to record the sky and chit chatting in a way I haven’t seen since pre-pandemic @sfchronicle pic.twitter.com/ueKQ4g7WTD
— Jessica Christian (@jachristian) September 9, 2020
NASA agentligi e'lon qilgan suratlarga ko‘ra, hozirda mamlakatning butun g‘arbiy sohili tutun bilan qoplangan. Ba'zi joylarda yer yuzasidagi harorat 191 daraja issiqqacha yetgan.
Mavzuga oid

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27
Yevropa Ittifoqi AQSh yangi tariflariga javob choralarini qo‘lladi

13:01