Farg‘onada bir guruh talonchilar ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2020 yilning 27 avgust kuni soat 03:40da Farg‘ona viloyati Quva tuman O‘zbekiston ko‘chasiga Matiz rusumli avtomashinada kelgan noma'lum shaxslar 18 yoshli X.T.ning jag‘ sohasiga qo‘lining mushti bilan bir marotaba urib, X.T.ga tegishli jami narxi 2.000.000 so‘m bo‘lgan 2 qop bodom mahsulotlari va Samsung Galaxy A20 rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 24 yoshli I.M., F.G‘., D.M. 25 yoshli N.U., 26 yoshli M.K., 22 yoshli T.Q. sodir etganligi aniqlangan, Matiz rusumli avtomashinani I.M. boshqarganligi aniqlanib, X.T.ga tegishli Samsung Galaxy A20 rusumli uyali telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Bundan tashqari, I.M. va uning sheriklari Farg‘ona viloyatining boshqa tumanlarida shu kabi jinoyatlar sodir etganliklari aniqlangan va ularning barchasi ushlangan, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Quva tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan I.M. shu tumanda jinoyat sodir etib ushlanganligi sababli, ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 08:09
-
O‘zbekiston va Shvetsiya mehnat migratsiyasi sohasida hukumatlararo bitim tuzishi mumkin
O‘zbekiston | 07:46
-
Isroilning G‘azoga hujumi qurbonlari soni 57 mingdan oshdi
Jahon | 07:11
-
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
O‘zbekiston | 07:05
Mavzuga oid

14:12 / 14.06.2025
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi

13:31 / 18.03.2025
«Tashabbusli budjet»da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi

11:20 / 14.03.2025
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi

08:50 / 15.11.2024