Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazon shubhali jo‘natmalar sababli AQShga urug‘lar import qilishni taqiqladi

Foto: EPA/UPG
Amazon kompaniyasi AQShga Xitoydagi noma'lum jo‘natuvchilardan ichida urug‘lar bo‘lgan minglab jo‘natmalar kelayotgani sababli ularning AQShga importini taqiqladi. Bu haqda Wall Street Journal nashri xabar berdi.
Shu sababli kompaniya butun dunyodagi xorijiy hamkorlarini o‘z qaroridan xabardor qilgan va ulardan urug‘lar taklif qilgan postlarini o‘chirib tashlashni talab qilgan.
Endi urug‘larni onlayn rejimda faqat AQShdagi kompaniyalar sota oladi. Ushbu taqiqlovga amal qilmaydigan yetkazuvchilar akkauntlari o‘chirilishi mumkin.
Dastlab AQShning bir nechta shtati rahbariyati gap zararli urug‘lar haqida borayotgan bo‘lishi mumkinligini ta'kidlagan. Nyu-York qishloq xo‘jaligi boshqarmasi olingan urug‘larga tegmaslikni hamda ularni bolalar va uy hayvonlaridan uzoqroq saqlashni tavsiya qilgan.
Keyinroq AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligida Xitoydan rozmarin, yalpiz, lavanda urug‘lari jo‘natilgani, ular orasida hayot uchun xavfli o‘simliklar aniqlanmagani ma'lum qilingan. Vazirlikda bu Xitoy internet-do‘konlaridagi nopok sotuvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan firibgarlik bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan. Ular shu tariqa o‘z reytingini oshirgan bo‘lishi mumkin.
Xitoy rasmiy idoralari bunday jo‘natmalarga aloqalari yo‘qligini ma'lum qilishgan. Xususan, Xitoy pochta xizmati bu masalada AQSh idoralari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qilgan va nopok jo‘natuvchilarni aniqlash uchun shubhali jo‘natmalarni ortga qaytarishni so‘ragan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

18:39 / 02.07.2025
Amazon rahbari kompaniyaning 737 mln dollarlik aksiyalarini sotdi

19:44 / 22.06.2025
Amazon sun’iy intellekt sabab ishchi kuchini qisqartiradi

21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi

17:47 / 12.05.2025