O‘zbekiston | 10:54 / 27.08.2020
5220
2 daqiqa o‘qiladi

Yuridik universitet xarajatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ochiqladi

Toshkent davlat yuridik universiteti joriy yildan boshlab jamoatchilikka universitetning moliyaviy faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ochiq va shaffof e'lon qilib borishni yo‘lga qo‘ydi.

Ma'lum qilinishicha, 2019 moliyaviy yilida universitet daromadlari 79 323,7 mln so‘mni, xarjatlari 72 502,2 mln so‘mni, sof foyda 6 821,5 mln so‘mni tashkil etgan.

Daromadlarning asosiy qismi o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan bo‘lib, 67 729,2 mln so‘mni (jami daromadlarning 85,4 foizi)ni tashkil qildi. Shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt shaklidan 36 608,6 mln so‘m olingan.

Eng katta xarajatlar ish haqi, unga tenglashtirilgan to‘lovlar, nafaqalar hamda ish haqidan ajratma (yagona ijtimoiy to‘lov)ga sarflangan bo‘lib, bular 42 086,1 mln so‘mni (umumiy xarajatning 58 foizi) tashkil etgan. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, hisobot davrida xodimlarning o‘rtacha bir oylik ish haqi miqdori 6 333,0 ming so‘mga teng bo‘lgan.

Shu bilan birga, talabalar uchun stipendiya to‘lovlariga 10 816,5 mln so‘m (umumiy xarajatning 14,9 foizi), kommunal xarajatlar, saqlab turish va joriy ta'mirlash, ijara uchun 3 569,9 mln so‘m (umumiy xarajatning 4,9 foizi) sarflangan. Tovar va xizmatlar hamda asosiy vositalarga hisoblangan eskirishlarga 6 375,7 mln so‘m (umumiy xarajatning 8,9 foizi), xizmat safarlari uchun 714,2 mln so‘m (umumiy xarajatning1,0 foizi) va boshqa xarajatlarga 8 939,8 mln so‘m (umumiy xarajatning 12,3 foizi) xarjlandi.

Adliya vazirligi tomonidan o‘z navbatida TDYuUning budjet xarajatlari doimiy ravishda nazorat qilib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev moliyaviy shaffoflikni ta'minlash uchun har bir oliy ta'lim muassasasining daromad va xarajatlari ochiq e'lon qilib borilishi lozimligini aytgan edi. 

Mavzuga oid