Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antitanachalarni aniqlash uchun qaysi test eng informativ hisoblanadi? – shtab a'zosi javob berdi
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilov ishtirokida AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda muhim savollarga javob qaytarildi.
Jumladan, antitanachalarni aniqlash uchun qaysi test turi eng informativ hisoblanishi haqida so‘ralgan.
«Hech bir test 100 foiz aniqlik bermaydi. Hozirgi vaqtda antitanachalarni aniqlashda eng informativ test — IXLA usuli hisoblanadi.
Ekspress-testlar ham yuqori aniqlikka ega, faqat tashish va qo‘llash qoidalariga rioya qilinganda», dedi Oqilov.
Shuningdek, murojaatchilardan biri har yili kuzda oilaviy grippga qarshi emlash olishini aytib, bu yil ham emlash olish kerakmi, bu xavfli emasmi, deya so‘ragan.
«Grippga qarshi mavsumiy emlash koronavirusga hech qanday aloqador emas. Agar ushbu vaksinatsiyaga qarshi ko‘rsatmalaringiz bo‘lmasa, odatiy tartibda olish mumkin», deya javob berdi Habibulla Oqilov.
Yana bir murojaatda esa fuqaro o‘z oilasida keksa kishilar borligini aytib, bolani maktabga yuborish qanchalik xavfli bo‘lishi haqida so‘ragan.
«Agar farzandingiz maktabga borishini xavfli deb hisoblasangiz, onlayn ta'lim uchun ariza yozishingiz mumkin. Bu qarorni o‘quv yili davomida o‘zgartirishingiz mumkin bo‘ladi.
Har qanday vaziyatda ham bolaga tibbiy niqobdan to‘g‘ri foydalanish, qo‘llarni yuvish, sanitayzerlardan foydalanish va ijtimoiy masofani saqlashni o‘rgatishingiz kerak», dedi shtab a'zosi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya armiyasi Xarkiv markaziga zarba berdi
Jahon | 18:52
-
Odessa ramziga aylangan bozor zarba ostida qoldi – fotosuratlar
Jahon | 18:37
-
Sug‘urtada yangi davr: javobgarlik himoyasi ikki baravar oshirildi
Jamiyat | 18:31
-
Ukrainadagi namoyishlar ortidan antikorrupsiya organlariga yana mustaqillik berilishi mumkin
Jahon | 18:28
Mavzuga oid

20:04 / 19.01.2022
Kuniga o‘rtacha 45−50 mingta PZR-test olinmoqda - SVV

15:09 / 07.05.2021
Hindiston va Turkiyadan kelayotganlar bepul antigen test topshirishi yo‘lga qo‘yiladi

18:44 / 06.05.2021
«Javobi bir soatda chiqadigan koronavirus testi soxta» - PsR test natijalarini soxtalashtirish holatlariga rasman munosabat bildirildi

17:22 / 18.12.2020