Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Javobi bir soatda chiqadigan koronavirus testi soxta» - PsR test natijalarini soxtalashtirish holatlariga rasman munosabat bildirildi
Koronavirusni aniqlash uchun olinadigan testlarning javobi bir soatda chiqishi uning soxtalashtirilganini bildiradi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov ma'lum qildi.
Bugungi kunda respublikadagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limlari hamda xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan PsR usulida koronavirus infeksiyasini aniqlash va xulosalar berish amaliyoti joriy qilingan. Ular tomonidan berilayotgan ma'lumotnomalarda QR kod mavjud bo‘lib, u orqali qaysi muassasada ma'lumotnoma berilganligi va bazaga kiritilganligi aniqlanadi.
“Koronavirus testlarini soxtalashtirish holatlari uchrab turibdi. Yurtdoshlarimizga aytardimki, test topshirishga borganda albatta tomoq va burundan surtma olinishi zarur. Agar test javobi yarim soat yoki bir soatda chiqadigan bo‘lsa, bunday testlar soxta bo‘ladi. Chunki, PsR usulida aniqlanadigan antigen testlar javobini bilish uchun kamida 6 soat vaqt ketadi”,- dedi Botir Qurbonov.
Eslatib o‘tamiz, respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan 2020 yil 25 dekabrdan e'tiboran O‘zbekistonga kirib kelayotgan shaxslardan koronavirus infeksiyasi antigenini aniqlash ekspress testini olish tartibi joriy qilingan edi.
Toshkent xalqaro aeroportining «Tibbiyot dunyosi» MChJ bilan imzolagan shartnomasiga ko‘ra, test tahlillarini olish shu firma tomonidan yo‘lga qo‘yilgandi. «Tibbiyot dunyosi» MChJ direktor o‘rinbosari Bahrom Almatov aeroportga kelgan yo‘lovchilar ekspress test topshirishi uchun 150 ming so‘m narx belgilangani va ekspress test javoblari 15 daqiqada aniqlanishini aytgandi. Keyinchalik Kun.uz’da bu firma sobiq “SES” direktoriga tegishli ekanligi haqida maqola e'lon qilindi.
Ma'lumot uchun Qashqadaryo, Samarqand va Namanganda koronavirus infeksiyasi tahlili natijalari bo‘yicha qalbaki ma'lumotnomalar tayyorlab berayotgan shaxslar aniqlangan edi.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

20:04 / 19.01.2022
Kuniga o‘rtacha 45−50 mingta PZR-test olinmoqda - SVV

17:11 / 30.09.2021
Koronavirusdan davolanayotganlar saylovda qanday ishtirok etishi mumkin?

19:56 / 14.09.2021
“Koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi qayerda olingan bo‘lsa, keyingi dozalar ham aynan o‘sha yerda olinishi shart degan ko‘rsatma yo‘q” – Botir Qurbonov

09:49 / 25.06.2021