O‘zbekiston 36 mln dollarlik shaftoli mevasini xorijga eksport qildi
O‘zbekiston 47,7 ming tonna shaftoli mevasini 9 ta xorijiy davlatlarga eksport qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 avgust holatiga qiymati 36,3 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 47,7 ming tonna shaftoli mevasi xorijga eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22 ming tonnaga ko‘p.
Eksport qilingan jami shaftolining 34, 9 foizi ya'ni, 16,7 ming tonnasi Farg‘ona viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu borada Namangan 8,2 ming tonna, Toshkent 7,5 ming tonna va Xorazm viloyati 5,5 ming tonna mahsulot eksporti bilan keyingi o‘rinlarni egallagan.
Ma'lumot o‘rnida, Rossiya Federatsiyasiga 22,1 ming tonna va Qozog‘istonga 20,6 ming tonna shaftoli mevasi eksport qilingan.
Mavzuga oid

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

08:27 / 10.03.2025
SIPRI: AQSh qurol eksportini oshiryapti, Rossiya - qisqartiryapti

15:05 / 07.03.2025
Biznes uchun statistika hisobotlari hajmi kamayadi

13:32 / 07.03.2025