Ilon Mask milliarderlar ro‘yxatida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi
SpaceX kompaniyasi asoschisi va Tesla kompaniyasi bosh direktori Ilon Mask Bloomberg’ning milliarderlar ro‘yxatida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu Tesla aksiyalari narxi keskin oshishi ortida yuz bergan.

Foto: Ringo H.W. Chiu / AP
Mask milliarderlar ro‘yxatida LVMH kompaniyalari guruhi direktori Bernar Arnodan o‘zib ketdi. Ayni vaqtda Arnoning boyligi 84,6 mlrd dollarga, Maskniki esa 84,8 mlrd dollarga baholanmoqda. Mask 3-o‘rinni egallayotgan Mark Tsukerbergdan 15 mlrd dollar “ortda” qolmoqda.
Reytingga Amazon rahbari Jyeff Bezos 188 mlrd dollar bilan yetakchilik qilmoqda. 2-o‘rinni 121 mlrd dollarga ega Bill Geyts egallamoqda.
Bloomberg’ning xabar berishicha, 49 yoshli Maskning boyligi 17 avgustda Tesla aksiyalari qimmatlashishi ortida 7,8 mlrd dollarga ko‘paydi. Umuman olganda, Tesla aksiyalari 2020 yil boshidan beri 339 foizga qimmatlashgan va buning ortida Mask ham joriy yilda 57,2 mlrd dollarga boyigan. Bu dunyodagi ikkinchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Joriy yilda faqatgina Bezos Maskdan ko‘proq boyigan: uning boyligi yil boshidan 73 mlrd dollarga ko‘paygan.
17 avgustda Tesla aksiyalari narxi tarixiy maksimumga erishdi. Aksiyalar 11 foizga qimmatlashib, bir donasi narxi 1845 dollargacha ko‘tarilgan. Kompaniya aksiyalari narxi Xitoyda elektromobillarga talab oshishi kutilayotgani ortida ko‘tarilgan.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dala yong‘ini oqibatida yo‘q bo‘lgan maydonlar hajmi ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 14:43
-
Z-kanallar Bundesver yuk mashinalari yonayotgani aks etgan videoni e’lon qildi
Jahon | 14:23
-
AQSh va Xitoy savdo bitimini imzoladi
Jahon | 14:19
-
So‘rov: Nemislarning uchdan ikki qismi mudofaa xarajatlarini oshirishni qo‘llab-quvvatlayapti
Jahon | 14:18
Mavzuga oid

20:51 / 26.06.2025
Tesla robot-taksisining birinchi ommaviy sinovlari yo‘llarda muammolarga olib keldi

01:37 / 24.06.2025
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi

12:28 / 22.06.2025
Neuralink chipi o‘rnatilgan erkak bir haftada fikr kuchi orqali videoo‘yin o‘ynashni o‘rganib oldi

17:26 / 11.06.2025