Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Xitoy savdo bitimini imzoladi
Xitoy bitim evaziga AQShga nodir metallarni yetkazib berishi aytilmoqda.

Foto: Getty images
Prezident Donald Tramp AQSh va Xitoy o‘rtasida savdo bitimi imzolanganini ma’lum qildi.
«Kecha biz Xitoy bilan shartnoma imzoladik», dedi Tramp Oq uyda soliq imtiyozlari muddatini uzaytirish va budjet bo‘yicha qonunga bag‘ishlangan tadbirda. AQSh prezidenti tuzilgan savdo bitimi haqida boshqa hech qanday ma’lumot bermadi.
AQSh Savdo vaziri Hovard Lyutnik AQSh va Xitoy may oyida Jyenevada erishilgan savdo kelishuvini yakunlaganini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv ikki kun avval imzolangan va Pekin va Vashington o‘rtasidagi savdo muzokaralari chog‘ida kelishilgan shartlarni o‘z ichiga oladi. Ular orasida Xitoyning AQShga nodir metallarni yetkazib berish majburiyati ham bor. «Ular bizni nodir metallar bilan ta’minlaydi. Va bu sodir bo‘lgach, biz javob choralarimizni bekor qilamiz», dedi Lyutnik.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Oq uy yaqin kelajakda o‘zining 10 ta eng yirik savdo hamkorlari guruhi bilan savdo bitimlari tuzishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq, AQSh va Xitoy savdo muzokaralarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida bitim imzolangani haqida Xitoy Savdo vazirligi ma’lum qilgan edi. Bayonotga ko‘ra, Pekin nazorat ostidagi tovarlarni eksport qilish bo‘yicha arizalarni ma’qullaydi, Qo‘shma Shtatlar esa Xitoyga nisbatan bir qator cheklovchi choralarni bekor qiladi.
Bayonotda qayd etilishicha, Pekin ikki davlat rahbarlarining «muhim konsensusi» va ularning 5 iyun kuni telefon orqali muloqoti chog‘ida bildirilgan talablarga rioya etilishini kutmoqda.
2 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bir qator savdo hamkorlari, jumladan, Xitoyga qo‘shimcha tariflar joriy etilishini e’lon qilgan edi. Bunga javoban Pekin ikki davlat o‘rtasida tariflar bo‘yicha qarama-qarshilikni keltirib chiqargan javob choralarini qo‘lladi. Oxir oqibat, AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 145 foizga, Xitoy esa Amerika tovarlariga bojlarni 125 foizga oshirdi.
Savdo mojarosining kuchayishi fonida AQSh va Xitoy rasmiylari 10-11 may kunlari Jyenevada muzokara o‘tkazib, o‘zaro tariflarni 90 kunga vaqtincha to‘xtatib turishga kelishib olgan edi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xoqon Fidan: Isroilning G‘azodagi genotsidi mintaqadagi o‘n yillik taraqqiyotni yo‘q qildi
Jahon | 10:46
-
O‘zbekiston Pokistonda logistika markazini tashkil etishga qiziqish bildiryapti
Iqtisodiyot | 10:41
-
Rossiya Kommunistik partiyasi: Xrushchevning Stalin haqidagi ma’ruzasi xato bo‘lgan
Jahon | 10:05
-
Vengriya O‘zbekistonda Usmoniylar davriga oid eksponatlarni namoyish etmoqchi
O‘zbekiston | 09:38
Mavzuga oid

09:05
AQSh savdo urushining yangi bosqichi: Tramp Yaponiya, Koreya va Qozog‘istonga 25% boj soldi

08:03
Tehronda AQSh manfaatlarini ifodalovchi Shveytsariya dipmissiyasi qayta ochildi

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

21:42 / 07.07.2025