Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bill Geyts AQShda koronavirusga olinayotgan tahlillarning aksariyatini befoyda deb atadi
AQShda koronavirus bor-yo‘qligini tekshirish uchun olinayotgan tahlillarning aksariyati ularning natijalari berilishi bir necha kunga cho‘zilayotgani sababli befoyda hisoblanadi. Bunday fikrni Microsoft asoschisi Bill Geyts CNBC telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.

Foto: EPA-EFE
Geytsning ta'kidlashicha, AQShda tahlillar olinishi va ularning natijalari berilishi orasidagi vaqt o‘rtacha 48 soatdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. “Bunday tahlil vaqt va mablag‘ning to‘liq yo‘qotilishi hisoblanadi. Biz ko‘plab tahlillar o‘tkazayotganimiz haqidagi ma'lumotlarning katta qismi behuda gaplar hisoblanadi”, deb aytgan Geyts.
Telekanalning baholashicha, AQShdagi laboratoriyalarga katta yuklama tushayotgani sababli, ular odamlarga koronavirusga topshirgan tahlillari natijalarini bir necha kun, hafta yoki undan ko‘proq vaqtdan keyin ma'lum qilmoqda. “Biror kishi natijalarini 3 yoki 7 kundan ko‘proq vaqt kutishga to‘g‘ri keladigan test uchun 1 dollar ham to‘lamasligi kerak”, deb ta'kidlab o‘tgan milliarder. Uning ta'kidlashicha, bunday yondashuvda odamlar virusga chalinganliklaridan juda kech xabar topishadi, tegishli choralar ko‘rishmaydi va virusni tarqatishda davom etishadi.
Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda 50 mlrd dollarga yaqin mablag‘ga ega xayriya jamg‘armasiga ega bo‘lib, ushbu jamg‘arma faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga rivojlanayotgan davlatlarda xavfli kasalliklarga qarshi kurashish, AQShda ta'lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi dasturlar kiradi. Ayni vaqtda ushbu jamg‘arma orqali koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqish va aholining eng nochor qatlamlarini pandemiya vaqtida qo‘llab-quvvatlashga 300 mln dollar ajratilgan.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Rossiyada migrantlarga taksida ishlashni taqiqlash taklif etildi
Jahon | 20:24
-
Rossiya Zaporijjyadagi koloniyaga zarba berdi
Jahon | 20:05
-
4 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:58
Mavzuga oid

11:48 / 11.06.2025
O‘zbekistonda YaIM o‘sishi 6,7 foiz darajasida prognoz qilinmoqda

09:18 / 19.05.2025
Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik aprel oyida barqaror tiklandi

22:17 / 08.05.2025
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi

20:18 / 08.05.2025