AQSh ukrainalik ikki xaker to‘g‘risidagi ma'lumot uchun 2 mln dollar mukofot e'lon qildi
Ular "transmilliy uyushgan jinoyatchilik, xususan, kiberjinoyatchilikka aloqadorligi uchun" qidirilmoqda.

Foto: AP/Scanpix
AQSh davlat departamenti Ukraina fuqarolari Artyom Radchenko va Aleksandr Yeryomenkolarni qo‘lga olishga yordam beradigan ma'lumot uchun 2 mln dollar mukofot berilishini e'lon qildi.
Bunda ularning har biri uchun 1 mln dollardan mukofot belgilangan. Ular "transmilliy uyushgan jinoyatchilik, xususan, kiberjinoyatchilikka aloqadorligi uchun" qidirilmoqda.
Davlat departamentining bayonotida aytilishicha, AQSh maxfiy xizmati tekshiruvlari yakuniga ko‘ra. 2020 yil yanvarda Radchenko va Yeryomenkoga nisbatan 16ta punkt bo‘yicha firibgarlik qilish ayblovi e'lon qilingan.
Ular xavfsizlik va almashuvlar bo‘yicha komissiyaning ma'lumotlar tizimini buzishgan va minglab fayllarni o‘g‘irlab, sotib yuborishgan.
Mavzuga oid

11:02
AQSh Ta’lim vazirligi xodimlarining deyarli yarmini qisqartiradi

08:30
AQSh Ukrainaga yordam taqdim etishni tikladi

18:09 / 11.03.2025
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26 / 11.03.2025