Airbus ishchilari qisqartirishlarga qarshi noroziliklar uyushtirishdi
Dunyoning eng yirik aviakonserni Airbus xodimlari rahbariyatning inqiroz tufayli 15 ming xodimni qisqartirish bo‘yicha rejalariga qarshi ish tashlash e'lon qilishdi.

Foto: Thomas Starke / Getty Images
Kasaba uyushmasi vakillarining ta'kidlashicha, Airbus‘ning biznesni qayta tashkillashtirish va ommaviy qisqartirishlar bilan bog‘liq choralari “haddan tashqari” hisoblanadi va kompaniya bu bilan o‘z yetkazib beruvchilariga yomon o‘rnak ko‘rsatmoqda. Ma'lum qilinishicha, ish tashlash aksiyasiga 8 ming ishchi qo‘shilgan. Norozilar Fransiyadagi Tuluza-Blanyak aeroporti uchish-qo‘nish yo‘laklaridan biri bo‘ylab yurib o‘tishni rejalashtirishgan.
Airbus vakillari ushbu noroziliklarga izoh berish iltimosiga iyun oxirida kompaniya bosh direktori Giyom Fori bergan bayonotga ishora qilishgan. Forining bayonotda ta'kidlashicha, aviatsiya sohasi o‘z tarixidagi eng og‘ir inqirozga to‘qnash kelgan.
Airbus pandemiya sababli inqiroz yoqasiga kelib qolgan. 2020-2021 yillar davomida kompaniya mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 40 foizga qisqartiradi. Jumladan, eng xaridorgir A320 seriyasidagi samolyotlardan oyiga ko‘pi bilan 40 tadan chiqarish rejalashtirilgan. Vaholanki, 2019 yilda oyiga ishlab chiqariladigan samolyotlar sonini 60 tadan 63 tagacha oshirish muhokama qilingan.
Mavzuga oid

22:54 / 26.03.2025
Belarus sanksiyalarni chetlab o‘tib, Gambiyadan uchta Airbus samolyotini sotib oldi

20:10 / 25.03.2025
Mercedes o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shaydigan xodimlariga 500 ming yevrogacha pul taklif qilmoqda

19:18 / 12.03.2025
“Talablari juda og‘ir, hukumat qiyinchiliklarga duch keladi” – Germaniyadagi ish tashlashlar haqida suhbat

20:44 / 09.03.2025