Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Informatika darsliklari butunlay o‘zgartiriladi» - Shermatov ATni o‘qitishdagi 4ta muammoni sanadi
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov maktablarda axborot texnologiyalarini o‘qitishdagi muammolarni sanab o‘tdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Birinchi navbatda, barcha maktablarda axborot texnologiyalari uchun infratuzilmani yaxshilash masalasi turibdi. Ko‘p maktablarda yuqori tezlikdagi internet umuman bo‘lmagan. Farg‘ona viloyatida 41 foiz maktab internetga ulandi. Yaqin orada hammasi ulanadi.
Ikkinchidan, o‘qituvchining malakasini oshirish. Axborot texnologiyalaridan dars beradigan o‘qituvchining o‘zi bilim jihatdan orqada. Har bir tumanda raqamli texnologiya markazi ochilib, ular o‘qituvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha ishlaydi. Shuningdek, har bir tumanda axborot texnologiyalari bo‘yicha bitta tayanch-ixtisoslashgan maktab bo‘ladi. U yerda o‘qituvchilar malakasi oshirilib, boshqa maktablarga tarqatiladi.
Uchinchi masala – frilanserlik bozorini rivojlantirish. Tahlil qilganimizda ko‘rdikki, upworking.com’da poytaxt yoki shahar markazidagi emas, oddiy tumandan yoshlar o‘tirib pul topyapti. Oyiga 10 mln so‘m. Oliy ta'limda ham o‘qimagan. Nega boshqa yoshlar shu ishni qila olmaydi? Nafaqat axborot texnologiyalari, internet orqali qo‘shimcha daromad topish bo‘yicha ham ishlaymiz.

Navbatdagi masala – darsliklar. Informatika darsliklari asosan user – foydalanuvchi tayyorlashga moslashgan, ishlab chiqaruvchini emas. Kompyuterni yoqadi, matn teradi, shu bilan chegaralanadi. Bu darsliklar mazmuni mutlaqo o‘zgartiriladi. Foydalanuvchi emas, developer [dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchi] tayyorlashga e'tibor qaratiladi.
Shuningdek, dizayn masalasi. Darsliklar faqat matndan iborat, zerikarli. Vizual jihatdan yangilik qilinadi.
Faqat darslik emas, onlayn resurslar bilan ishlash tizimiga ham o‘tilishi kerak», dedi Shermatov 7 iyun kuni Xalqaro press-klubning Farg‘onadagi sessiyasida.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya armiyasi Xarkiv markaziga zarba berdi
Jahon | 18:52
-
Odessa ramziga aylangan bozor zarba ostida qoldi – fotosuratlar
Jahon | 18:37
-
Sug‘urtada yangi davr: javobgarlik himoyasi ikki baravar oshirildi
Jamiyat | 18:31
-
Ukrainadagi namoyishlar ortidan antikorrupsiya organlariga yana mustaqillik berilishi mumkin
Jahon | 18:28
Mavzuga oid

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

23:00 / 28.06.2025
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti

17:14 / 11.06.2025
Imtihon javoblarini 5 ming so‘mdan sotgan maktab o‘qituvchisi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi

15:31 / 03.06.2025