Misrda do‘konlarni Muhammad Saloh niqobida tunagan to‘da qo‘lga tushdi
Misrda do‘konlarni futbolchi Muhammad Saloh niqobida talagan to‘da qo‘lga tushdi. Ushlanganlarning barchasi ishsiz bo‘lgan.
Bu haqda Goal.com nashri xabar berdi.
4 kishidan iborat jinoiy to‘da poytaxt Qohiradagi do‘konlardan birini tunash vaqtida hibsga olingan. E'tiborlisi, bosqinchlarning barchasi Saloh niqobida bo‘lgan.
Jinoyatchilar politsiya xodimlarini ko‘rib, avtomobilda qochishga urinish vaqtida qo‘lga olingan.
Ular yonidan metall kesish uchun qaychilar, bitta patron va to‘pponcha topilgan. Jinoyatchilar so‘roq vaqtida jinoiy to‘dani do‘konlarni talash maqsadida tashkil etishganini tan olishgan.
Mavzuga oid

21:04 / 09.06.2025
Misr gepatitga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasini O‘zbekistonga yubordi

16:43 / 01.06.2025
Misrdan gepatitga qarshi dorining 2025 yildagi ilk partiyasi olib kelindi

17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

14:56 / 22.05.2025