BMT yaqin 5 yilda sayyorada yangi harorat rekordi qayd etilishini prognoz qildi
BMTning Jahon meteorologik tashkiloti (JMT) yaqin 5 yil ichida Yerda yangi harorat rekordi qayd qilinishini kutmoqda. JMT o‘z bayonotida bunday prognozni bergan.

Foto: Getty Images
“Yangi o‘rtacha global harorat rekordi yaqin besh yil (2020-2024 yillar) ichida qayd etilishi mumkin”, deyilgan JMTning 22 aprelda nishonlanadigan Xalqaro Ona yer kuniga bag‘ishlangan bayonotida.
“Prognozlarga ko‘ra, okeanlar sekin ilishi bilan birga ayniqsa baland kengliklarda va quruqlikda harorat yanada oshishi ehtimoli yuqori”, deyilgan tashkilotda. Mutaxassislar iqlim o‘zgarayotgani va uning sayyoraga ta'sirining alomatlari kuchayayotganiga e'tibor qaratishgan. Bu alomatlar oxirgi 5 yil ichida rekord darajaga yetgan. JMTda ta'kidlanishicha, harorat bu iqlim indikatorlaridan birigina hisoblanadi. Boshqa indikatorlar – atmosferada uglerod ikki oksidi (SO2)ning miqdori, okean qizishi va kislotalilik darajasi oshishi, dengiz sathi ko‘tarilishi va Arktika hamda Antarktikada dengiz muzi balansining o‘zgarishi hisoblanadi. Ayni vaqtda barcha indikatorlar oxirgi 5 yil ichida iqlim o‘zgarishi kuchayayotganidan darak bermoqda.
Ta'kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi “issiqxona gazining atmosferaga chiqishini vaqtinchalik kamayishiga olib kelishi mumkin”. Biroq bu xalqaro hamjamiyatning iqlimni himoyalashda boshqa qat'iy choralar ko‘rishi shartmasligini anglatmaydi. “Biz iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda koronavirusga qarshi kurashdek qat'iyatlilik va birdamlikni namoyish qilishimiz lozim”, deb aytgan tashkilot bosh kotibi Petteri Taalas.
Buning uchun davlatlarning “insoniyat salomatligi va farovonligi yo‘lida nafaqat yaqin oylar va yillar, balki ko‘p avlodlarga oldinroqqa birgalikdagi harakatlari talab etiladi”. JMT rahbari shu munosabat bilan davlatlarni ob-havoning keskin o‘zgarishi oldini olish tizimlarini mustahkamlashga chaqirgan.
Ma'lumot uchun, Xalqaro Ona yer kuni 2009 yilda BMT Bosh assambleyasining 63-sessiyasida ta'sis etilgan. Bu kun har yil 22 aprelda nishonlanib kelinadi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident administratsiyasida qator o‘zgarishlar ro‘y berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 24.06.2025
-
Surxondaryo viloyati FVBga yangi boshliq tayinlandi
O‘zbekiston | 23:30 / 24.06.2025
-
Urush kundaligi: Isroil vayronalari
Jahon | 23:23 / 24.06.2025
-
AQSh O‘zbekiston fuqarolarining viza arizalarini qariyb 65 foizini rad etdi
Jahon | 23:12 / 24.06.2025
Mavzuga oid

08:04 / 11.06.2025
Tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir bo‘lgan hududlar ro‘yxati kengaymoqda

10:30 / 02.06.2025
Qoraqalpog‘istonda iqlim muzeyi tashkil etiladi

09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin

21:59 / 10.05.2025