O‘zbekistonda animatsiya studiyalari assotsiatsiyasi faoliyat boshladi
O‘zbekistonda animatsiya studiyalari assotsiatsiyasi tuzildi.

Assotsiatsiya vakillarining Kun.uz`ga ma'lum qilishlaricha, tashkilot 19 mart kuni Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
O‘zbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
– mahalliy animatsiyani rivojlantirishga ko‘maklashish va uning raqobatbardoshligini yanada oshirish;
– milliy manfaatlarga mos keladigan sifatli animatsion filmlarni ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratilishini ta'minlash;
– yosh animatorlarni kasbga tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
– milliy animatsion filmlarni ommalashtirish.