«O‘n kun chidasak, havo harorati isib virus uchun imkoniyat qolmaydi» - virusolog
Virusologiya instituti katta ilmiy xodimi, professor Xayrulla Mustafoyevning so‘zlariga ko‘ra, havo harorati isishi bilan koronavirus xavfi bartaraf etiladi.
«Bu virus bizning hududda o‘rnashib qololmaydi. Birinchisi, parranda grippi, ikkinchisi, cho‘chqa grippi. Ular hammamizning esimizda. 34-35 mamlakatda tarqab ketib, ularda ancha talafotlar bo‘lgan. Ammo parranda grippi ham biror hududda o‘rnashib qolmadi.

Foto: «O‘zbekiston 24» telekanali
Koronavirus bizda o‘rnashib qolmaydi. O‘tib ketadi. Sabr qilib, 10 kun chidasak, havo harorati 25-30 darajaga yetganidan keyin virus uchun imkoniyat qolmaydi», deydi Xalqaro press-klubning koronavirusga qarshi kurash tahliliga bag‘ishlangan sessiyasida so‘zga chiqqan virusolog.
Mustafoyev virus yuqmasligi uchun immunitetni oshirish muhim ekanini aytib o‘tdi.
«Immunitetni oshirishning 3ta yo‘li bor. Birinchisi, ruhan tetik bo‘lish, tushkunlikka tushmaslik kerak. Ikkinchisi, chiniqish, badantarbiya. Uchinchisi, to‘g‘ri ovqatlanish», - deydi virusolog.
U to‘g‘ri ovqatlanishda oqsil va vitaminga boy mahsulotlar iste'moli juda muhimligini ta'kidlagan.
- So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusdan zararlanganlar soni 350 mingga yaqinlashdi, shundan 100 mingdan oshiq kishi tuzalib ketdi, 15 297 kishi vafot etdi.
- O‘zbekistonda 23 mart holatiga ko‘ra, virus yuqtirganlar soni 46 nafarni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda

13:47 / 03.07.2021
Buxoro viloyati hokimi koronavirusga chalindi

23:49 / 02.07.2021