Bahrom Almatov: «Bemorlar to‘liq sog‘ayganidan keyin ham 2 hafta shifoxonada saqlanadi»
Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, bemor to‘liq sog‘ayganidan keyin ham unda kasallik yuqtiruvchi viruslar saqlanib turadi. Buni hisobga olgan holda hukumatimiz oldiga davolanishdan keyin ham yana 2 haftalik reabilitatsiya chora-tadbirlari rejasini qo‘ydik.
Kun.uz muxbiri koronavirus mavzusidagi navbatdagi brifingdan so‘ng Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan qisqa suhbat uyushtirdi.

– Bahrom aka, muassasalarga murojaatlar qanday bo‘lyapti?
– Bir kun davomida tizimimizdagi laboratoriyalarga o‘zida koronavirus infeksiyasida shubhalanib, o‘rtacha 200-300 kishi murojaat qilib turibdi. Bunday fuqarolardan namunalar olinib, tekshirishlar o‘tkazilmoqda. Barcha tekshirishlar bepul. Tekshirish ishlari asosan ekspress uslub orqali o‘tkaziladi va 4-5 soat davomida javobi olinadi. Ya'ni murojaat qilgan fuqaro o‘rtacha 5 soatda o‘zida koronavirus bor-yo‘qligini bilib oladi.
Endi tekshirishni yanada tezroq o‘tkazadigan boshqa ekspress-testlar ham bor. Lekin bu usullar kasallikni erta [bosqichda] aniqlamaydi. Vaholanki kasallik avjiga chiqqanda, boshqa belgilar paydo bo‘lganda, aytaylik qon tahlili 20 daqiqada ham javob berishi mumkin.
Bizga tadbirkorlar tomonidan [testni tezroq o‘tkazish bo‘yicha] ko‘plab murojaatlar kelib tushyapti. Lekin shunga qaramay biz qon orqali tekshirish usulidan voz kechganmiz. Chunki davlatimizda kasallik [nisbatan] kam qayd etilyapti. Ushbu kasallik keng tarqalib ketishining oldini olishda biz uchun barvaqt aniqlash chora-tadbirlari o‘ta muhim.
– Umuman, kasallik to‘liq tuzalgani qanday ko‘rsatkichlarga ko‘ra ma'lum bo‘ladi? Ya'ni bemorlar qanday holatda sog‘aygan hisoblanadi?
– Birinchi navbatda kasallik belgilariga e'tibor berishimiz kerak. Tana harorati, quruq, yo‘tal, nafas qisishi, holsizlik, ayrim hollarda ich ketishi. Keyinchalik virus o‘pkaga o‘tadi, belgilari nisbatan tez rivojlanadi. O‘pkada asorat berganidan keyin davolanish qiyin kechadi. Pnevmoniyada antibiotiklar va juda ko‘p simptomatik davo choralari qo‘llanadi. Kasallik belgilari tugaganidan keyin, o‘pkadagi biriktiruvchi to‘qima so‘rilib ketguncha ham ma'lum muddat o‘tadi. Bu bemorning umumiy ahvoli, yoshi, qabul qilgan dori-darmonlari va hatto yegan ovqatiga ham bog‘liq.
O‘z vaqtida davolanganidan so‘ng, kasallikdan sog‘ayganidan keyin ham bemorlarni 2 hafta saqlab turmoqchimiz. Chunki tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, bemor to‘liq sog‘ayganidan keyin ham unda kasallik yuqtiruvchi viruslar saqlanib turadi. Buni hisobga olgan holda hukumatimiz oldiga to‘liq davolanishdan keyin ham yana 2 haftalik reabilitatsiya chora-tadbirlari rejasini qo‘ydik.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning G‘azodagi yangi operatsiyasi, dronlar hujumiga zo‘r bergan Rossiya va Hamasning o‘ldirilgan navbatdagi qo‘mondoni – kun dayjesti
Jahon | 13:21
-
Estoniya Rossiyani neft tankerini qo‘lga olganlikda aybladi
Jahon | 13:17
-
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika hamda suv xo‘jaligi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 13:13
-
Telegram asoschisi Ruminiyada senzura joriy etishdan bosh tortdi
Jahon | 12:55
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda

13:47 / 03.07.2021