«1-gorbolnitsa»ga yangi bemor joylashtirilishiga qarshilik ko‘rsatilgani audiosi tarqaldi. Vazirlik vaziyat bo‘yicha izoh berdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi «1-gorbolnitsa»dagi norozilik bilan bog‘liq audioga izoh berdi.
Kun.uz muxbiri Toshkent shahar «Ibn Sino» nomli 1-son klinik shifoxonasi («1-gorbolnitsa»)da ro‘y bergan shov-shuvli voqea yuzasidan izoh olish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qildi.
Vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Furqat Sanayevning ma'lum qilishicha, ushbu shifoxonaga olib kelingan bemor koronavirusga chalingan bemor bo‘lmagan. Ko‘rsatilgan qarshilikdan keyin u boshqa shifoxonaga olib borib joylashtirilgan.
«21 mart kuni soat 18:15da «Dehli-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha Hindistondan uchib kelgan reysda 254 nafar yo‘lovchi orasida 9 yoshli bola ham bo‘lgan. Sirdaryolik bu bola Hindistonda boshidan operatsiya o‘tkazgan (ko‘pchilik odatda bu davlatga turli operatsiyalar o‘tkazib kelish uchun boradi – tahr.) va qaytgan paytida tana harorati 39 daraja bo‘lgan.
Respublikadagi vaziyat, shifo maskani yaqinligi hisobga olinib, qolaversa «Ibn Sino» nomli 1-son klinik shifoxonasi karantinga olingani va eng muhimi – reanimatsiya bo‘limida joy borligi uchun bola shu shifoxonaga olib borilgan. Qolaversa, har bir bemor, ayniqsa bolalar sog‘ligi uchun shifokorlar javobgardirlar.
Bu shifoxonada saqlanayotganlar va ularning tashqarida turgan yaqinlari orasida «koronavirusga chalingan odam oramizga olib kelindi» degan gap tarqalib, shifokorlarning tushuntirishlariga qaramay keskin noroziliklar bildirilgan.
Keyinchalik bola boshqa ixtisoslashgan shifoxonaga joylashtirilib, reanimatsion chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ayni paytda bola o‘z kuzatuvchisi bo‘lgan bobosi bilan maxsus joyda va ahvoli o‘rtacha og‘irlikda, koronavirusga oid laborator tekshiruvlar amalga oshirilmoqda. Bemor bu kasallikka chalingani ayni paytda tasdiqlanmagan.
Fursatdan foydalanib, shunday sinov davrida fuqarolarimizdan osoyishtalikni saqlab qolishni, vahimaga berilmaslikni, asossiz ma'lumotlar ta'siriga tushmaslikni yana bir bor so‘rab qolamiz. Unutmang, shifokorlar sizning sog‘ligingiz va xavfsizligingiz uchun har qachongidan ham ko‘proq qayg‘urmoqdalar», – dedi vazirlik ma'lumotida.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi «Ibn Sino» nomli 1-son klinik shifoxonasi bilan bog‘liq audiolar tarqaldi. Unda koronavirusga chalingani taxmin qilingan bemor shifoxonaga joylashtirilishiga qattiq qarshilik ko‘rsatilgani, norozilik ovozlari va yig‘i-sig‘i eshitiladi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldinroq 1-sonli klinik shifoxona karantin tufayli yopilgani haqidagi xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fransiya Janubiy Amerika junglilarida qattiq tartibli qamoqxona quradi
Jahon | 23:27 / 18.05.2025
-
Isroil armiyasi G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshladi
Jahon | 23:13 / 18.05.2025
-
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
Jahon | 22:39 / 18.05.2025
-
Zelenskiy Rimda Vens va Rubio bilan uchrashuv o‘tkazdi
Jahon | 22:32 / 18.05.2025
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

18:53 / 30.07.2024