Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda saylovlar. Pit Buttijich poygani tark etdi
Indiana shtati Saut-Bend shahrining sobiq meri, 38 yoshli Pit Buttijich AQSh prezidentligi uchun poygani tark etdi. U 1 mart kuni Saut-Benddagi chiqishi vaqtida bu haqda ma'lum qilgan.

Santiago Flores/South Bend Tribune via AP
«Poyganing bu bosqichida maqsadlarimiz va ideallarimizga ishonchni saqlab qolishning eng ma'qul yo‘li — chetga chiqish va partiyamiz hamda mamlakatimiz birlashishiga yordam berishdir. Shunday ekan, bugun men qiyin qaror qabul qildim va prezidentlik uchun kampaniyamni to‘xtatdim», — deya Buttijichning so‘zlarini keltirmoqda CNN.
U aynan nima uchun poygani tark etayotganiga izoh bermagan. The New York Times nashri buni uning Janubiy Karolinadagi praymerizda mag‘lub bo‘lishi bilan bog‘lamoqda, Buttijich bu shtatda 8,2 foiz ovoz bilan to‘rtinchi bo‘lgandi.
Ayni vaqtga kelib Demokratik partiya AQShning to‘rtta shtatida praymeriz va kokuslar o‘tkazib ulgurdi. Pit Buttijich fevral oyi boshida Ayovada o‘tkazilgan partiyaning ichki yig‘ilishida birinchi bo‘lgandi, keyin Nyu-Hempshirda ikkinchi, Nevadada uchinchi o‘rinni egallagandi.
Qayd etish kerakki, Demokratik partiya Ayovadagi kokus natijalarini aniqlashda muammoga duch kelgan va natijalar e'lon qilinishi kechikkandi. Bunga ovozlarni hisoblashda qo‘llangan mobil ilovadagi nosozlik sabab bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, bu ilova Buttijich bilan hamkorlik qilgan kompaniya tomonidan ishlab chiqilgandi.
- Praymerizlarda hozircha senator Berni Sanders 58 delegat ovozi bilan yetakchilik qilmoqda. Sobiq vitse-prezident Jo Bayden esa Buttijich poygani tark etgandan so‘ng 50 delegatning ovoziga ega bo‘lib, ikkinchi o‘rinda bormoqda.
- Bu safar 3 mart kuniga to‘g‘ri kelayotgan «superseshanba»da bir vaqtning o‘zida 14ta shtatda, jumladan, Kaliforniya va Texasda partiya delegatlari ovoz berishadi, shu kuni umumiy ovozlarning uchdan biri, 1357ta ovoz taqsimlanadi.
- Noyabr oyidagi bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi saylovda demokratlar partiyasining nomzodi sifatida qatnashish uchun kamida 1991ta delegat ovoziga ega bo‘lish talab etiladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

23:14 / 14.05.2025
Bolalar hayvonot bog‘ida kenguru bilan mushtlashgan erkak vafot etdi

11:31 / 04.03.2024
O‘zbekiston MSK raisi AQShda prezidentlik praymerizlarini kuzatishda ishtirok etyapti

20:40 / 14.01.2024
Amerikada prezidentlikka nomzodlarni tanlash boshlanmoqda. Respublikachilarda Tramp yetakchi

11:31 / 06.03.2020