Yunusobod metrosi qurilishida vafot etganlar uchun kompensatsiya to‘lab berilmoqda
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Yunusobod metro liniyasi qurilishidagi fojia oqibatida halok bo‘lgan xodimi Zarif Karimovning oilasiga 281 mln 671 ming so‘mlik bir martalik nafaqa belgilandi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Zarif Karimov oilaning asosiy boquvchisi bo‘lgani sababli 12 fevral kuni ish beruvchi va «Temiryo‘lsug‘urta» sug‘urta kompaniyasi tomonidan marhumning bevasi Maysara Mavlonovna Irisovaga 281 mln 671 ming so‘m miqdoridagi to‘lovlar o‘tkazib berilgan.
Bundan tashqari, marhumning dafn marosimi xarajatlari uchun 8 mln so‘m ajratilgan. Ayni vaqtda marhumning qaramog‘ida bo‘lgan besh nafar oila a'zosining har biriga 650 ming so‘m miqdorida nafaqa har oy to‘lab borilishi boshlangan.
Shuningdek, maxsus komissiya qarori bilan fojia qurboni bo‘lgan yana 5 marhumning oilalariga ham bir martalik nafaqa pullari, shuningdek, mehnatga layoqatli bo‘lmagan oila a'zolari uchun oylik kompensatsiya to‘lovlarini belgilagan. Ularga to‘lovlarni mehnat shartnomasini tuzgan firma amalga oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 18 dekabr kuni Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yo‘nalishida sodir bo‘lgan avariya oqibatida 6 nafar quruvchi halok bo‘lgan edi.
O‘sha kuniyoq qurbonlarning har biri uchun ularning oilasiga 100 mln so‘mdan kompensatsiya tayinlangani haqida ma'lum qilindi.
Sodir bo‘lgan baxsiz hodisa maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan o‘rganildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, baxsiz hodisaga xandaq qiyalik devorini mustahkamlash ishlari jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, loyihadan chetlanish holati mavjudligi, yog‘ingarchilik suvlari hamda oqova quvurlaridan sizib chiqqan suvning intensiv tuproqqa shimilishi sabab bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Piyoz narxi nega qimmatlashdi?
O‘zbekiston | 11:53
-
YeK rahbari: AQSh bilan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, bigtex zarar ko‘radi
Jahon | 11:51
-
Tramp bojlar AQShga muammo keltirishi mumkinligini tan oldi
Jahon | 11:40
-
Namangan tekstil mahsulotlari Seyshel orollariga eksport qilinadi
O‘zbekiston | 11:36
Mavzuga oid

10:00
Toshkent metrosida poyezd harakat tarkibida texnik nosozlik yuz berdi

16:38 / 10.04.2025
Harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi

14:59 / 10.04.2025
Toshkentda kasb kasaliga chalinib, mehnat huquqlari buzilgan o‘qituvchiga 337 mln so‘m undirib berildi

21:14 / 03.04.2025