Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanqidga munosabat: Samarqanddagi korxona badbo‘y hid tarqatayotgan oqova suv quvurlarini ko‘mib tashladi

2019 yil 29 iyun kuni Kun.uz’da Oqdaryo tumani va Farhod shaharchasi oralig‘idagi aholi punktlaridagi ekologik vaziyat haqida «Odamlar nafas olishga qiynalmoqda: Oqdaryoda ammiak chiqindisi havoni chidab bo‘lmas darajaga keltirgan» sarlavhali surishtiruv e'lon qilingandi.
Xususan, o‘rganish jarayonida aholi Farhod shaharchasidagi suv tozalash inshootidan badbo‘y hid tarqalishidan shikoyat qilgan, suv tozalash inshooti vakillari esa hovuzlaridagi tozalovchi bakteriyalarga shirinmiya ildizini qayta ishlashga moslashgan «Rays prodakshn biznes» MChJdan keladigan ammiakli oqova suvlar zarar yetkazayotganini ma'lum qilgandi.
«Rays prodakshn biznes» MChJ direktori maqolada keltirilgan holatga butunlay barham berilganini ma'lum qilib Kun.uz’ga murojaat qildi.
Korxona direktori imzosi bilan kelgan maktubda suv inshootiga boradigan kanalizatsiya tarmog‘i aholi va «Suvoqova» DUK vakillari ishtirokida ko‘mib yuborilgani ma'lum qilingan.
Shuningdek, to‘planib qolayotgan chiqindilarning bir qismi Samarqand shahridagi maxsus chiqindi poligoniga olib borilayotgani aytilgan. Ushbu chiqindilar, qishloq xo‘jaligida o‘g‘it vazifasini bajarishi sababli chiqindilarning qolgan qismi bir qator korxonalarga shartnoma asosida yetkazib berilayotgani ta'kidlanib, tegishli hujjatlar ilova qilingan.
«Bugungi kunda barcha muammo bartaraf etilgan bo‘lib, korxonamiz tomonidan tabiatga va suv inshootiga hech qanday zararli chiqindi tashlanmaydi. «Rays prodakshn biznes» MChJ jamoatchilik fikrini inobatga oladi va qadrlaydi», deyiladi korxona tomonidan yuborilgan munosabatda.
Mazkur korxonada bo‘lib, ko‘mib tashlangan kanalizatsiya qudug‘i o‘rni va chiqindilarning qay tartibda poligon hamda boshqa korxonalarga yetkazib berish tartibi bilan tanishdik. Farhod shaharchasida joylashgan suv tozalash inshooti hozirgi kunda «Rays prodakshn biznes» MChJ korxonasidan inshootga oqova chiqindilar kelmayotganini tasdiqladi.
Ma'lum bo‘lishicha, «Rays prodakshn biznes» MChJ ayni damda shirinmiyani tozalashdan chiqqan ammiakli suvni talabgor korxonalarga o‘g‘it sifatida sotmoqda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 11:30
-
Termizda O‘zbekiston–Rossiya harbiylarining birgalikdagi o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda
O‘zbekiston | 11:22
-
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda
Jahon | 11:06
-
Lavrov: Rossiya va KXDR hamkorligi Koreya yarimorolidagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi
Jahon | 10:34
Mavzuga oid

10:36 / 02.05.2025
80 gektardan ortiq yer maydoni chiqindi poligonlaridan tabiatga qaytarildi

17:41 / 22.02.2025
Samarqand shahri va bir necha tumanlar chegaralari o‘zgartiriladi

16:11 / 06.02.2025
Samarqandda yana bir haydovchi YPX xodimini mashinasida sudrab ketdi

20:55 / 02.11.2024