O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
Xitoy hamda BAA kompaniyalarining 1,28 mlrd dollarlik loyihasi asosida Toshkent, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Buxoro viloyatlarida chiqindini yoqish zavodlari quriladi. Ohangaron tumanidagi chiqindi poligoni rekultivatsiya qilinadi. Bu orqali hosil bo‘lgan 97 mln dollarlik elektr energiyasi sotilishi, 152 mln metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinishi aytilmoqda.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi hamda Xitoy, BAAning jami 6 ta yirik kompaniyasi o‘rtasida qo‘shma rivojlantirish shartnomasi imzolandi.
Shu hujjat doirasida Toshkent, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Buxoro viloyatlarida 8 ta chiqindi yoqish zavodi qurilib, Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi 1 ta chiqindi poligoni rekultivatsiya qilinadi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Kun.uzʼga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, xorijiy kompaniyalar ishtirokida qilinayotgan loyihalarning jami qiymati 1,278 mlrd dollarni tashkil etadi. Bu asosida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavodlar quriladi.
Yiliga 4,7 mln tonnadan ortiq chiqindini yoqish orqali 2,1 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi, poligonlar soni besh barobarga qisqarishi, 97 mln dollarlik elektr energiyasi sotilishi aytilmoqda.
Shuningdek, 152 mln metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinib, 2,4 mln tonna issiqxona gazlari (atrof-muhitga zarar yetkazuvchi zaharli gazlar) kamayishi, 1 200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ta’kidlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, loyihalar 2025-2027 yillarda amalga oshiriladi, qurilish jarayoni 2025 yil yanvardan boshlanib, zavodlar 2026 yil dekabrda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Navoiyuran” London Stock Exchange’da 300 mln dollarlik yevrobond joylashtirdi
O‘zbekiston | 17:00
-
Qamoqqa olingan shaxsni hibsxonada majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish haqidagi qonun imzolandi
Jahon | 16:33
-
Los-Anjyelesda Bred Pittning uyiga o‘g‘ri tushdi
Jahon | 16:04
-
Xiaomi kompaniyasi YU7 elektr yo‘ltanlamasini taqdim qildi
Fan-texnika | 15:53
Mavzuga oid

15:22
Toshkent viloyatining xorijiy investitsiyalari bo‘lgan korxonalariga imtiyozlar beriladi

18:51 / 26.06.2025
Xitoy quyosh va shamol energiyasini rivojlantirish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

14:03 / 25.06.2025
To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish rag‘batlantiriladi

14:39 / 24.06.2025